Xayriyani asosiy mashg‘ulotiga aylantirgan Alisher Usmonov

Nega rossiyalik tadbirkorlar orasida Forbes global reytingida COVID-19 ga qarshi kurash uchun shaxsiy xayriyalari bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan milliarder xayriya ishlariga ko‘proq eʼtibor bermoqda?

Jorj Soros, Uorren Baffet va Bill Geyts kabi afsonaviy tadbirkorlar tomonidan chet elda faol targ‘ib qilingan “Muvaffaqiyatli biznesmen odamlarga yordam berishi kerak” degan hayotiy pozitsiya jahondagi ko‘plab ishbilarmonlar uchun uzoq vaqtdan beri begona emas. Xayriya loyihalarini ko‘plab boy odamlar qo‘llab-quvvatlaydi.

USM xoldingi egasi uchun xayriya bir necha yillardan beri asosiy mashg‘ulotga aylangan. Uning o‘zi biznesni operativ boshqarishni tark etishi va xayriya sohasiga tobora ko‘proq intilishni 63 yil umr ko‘rgan Muhammad payg‘ambar yoshiga yetishi bilan izohlamoqda.

Usmonov bu haqda birinchi marta 2012 yilda Forbes nashriga bergan intervyusida aytgan:

«Payg‘ambar yoshiga yetgancha o‘ylashingiz lozim, ammo bu yoshga yetgandan so‘ng siz xudbinlik bilan shug‘ullanishni xohlamaysiz. Shuning uchun, 63 yoshimda “foyda haqidagi hikoyam” ni yakunlayman».

Olti yil o‘tgach, boshqa bir intervyuda Usmonov “hikoyani haqiqatan ham yakunlaganini va shundan beri biron bir yangi loyihada shaxsan ishtirok etmayotganligini” tasdiqlagan edi.

Ammo, shu bilan birga tadbirkor boshi bilan xayriya faoliyatiga sho‘ng‘idi. Forbes maʼlumotlariga ko‘ra, so‘nggi 15 yil ichida u xayriya ishlariga 2,6 milliard dollardan ko‘proq sarmoya kiritgan (shundan 400 million dollar faqat 2019 yilda). Bundan tashqari, Usmonov vatani O‘zbekistonda ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun yuz millionlab mablag‘lar ajratgan. 2020 yilda u bu miqdorlarni tubdan oshirdi.

Xayriya uni qonida bor

Usmonovning atrofidagilarning aytishlaricha, “xayriya uning qonida bor”. Uni xayriyaga moyiligini ko‘rsatib beradigan voqea bu fiziologiya va tibbiyot sohasidagi Nobel laureati Jeyms Uotsonning DNK molekulasining tuzilishini kashf etganligi uchun 1962 yilda Frensis Krik va Maurisis H.F. Uilkins bilan birgalikda faxriy mukofotga sazovor bo‘lganligi bilan tasvirlangan. 2014 yilda olim o‘zining Nobel medalini Christie‘s kim oshdi savdosida 4,8 million dollarga sotadi va pullarni keyingi ilmiy tadqiqotlar uchun ishlatishni rejalashtiradi. Maʼlum bo‘lishicha, medalni Alisher Usmonov sotib oladi va keyinchalik mukofotni o‘z egasiga qaytaradi.

2020 yil boshida Usmonov kim oshdi savdosida ilgari 8,8 million dollarga sotib olgan zamonaviy Olimpiya o‘yinlari asoschisi Per de Kubertinni qo‘lyozmasini Lozanna shahridagi Olimpiya muzeyiga sovg‘a qildi. Tadbirkor “Olimpiya muzeyi bu bebaho hujjatni saqlash uchun eng yaxshi joy” ekanligini taʼkidlagan. 

2017 yilda ko‘rish qobiliyati zaif odamlarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida Usmonov jamg‘armasi Rossiyada mutlaqo ko‘r odamga bionik ko‘zni implantatsiya qilish bo‘yicha birinchi operatsiyani moliyalashtirdi. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi va bemor dunyo konturlarini ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi.

USM egasi shuningdek “Soyuzmultfilm” studiyasi animatsion filmlarining Oltin to‘plamiga huquqlarni sotib olib Rossiyaga sovg‘a qilgani bilan tanilgan. Ular orasida “Tuman ichidagi tipratikan, “Qor malikasi”, “Maugli” va boshqa ko‘plab asarlar bor. Hammasi bo‘lib, o‘z ichiga taxminan 300 soatlik arxivni olgan 547 multfilm.

2007 yilda Alisher Usmonov Sotheby‘s auksioniga qo‘yilgan Mstislav Rostropovich va Galina Vishnevskayalarning kolleksiyalarini sotib olib Rossiyaga qaytarib berdi.

Bugungi kunda noyob to‘plamni Sankt-Peterburg yaqinidagi Strelnada joylashgan Konstantinovskiy saroyida ko‘rish mumkin.

Usmonov – qilichbozlik bo‘yicha sport ustasi, Sobiq Ittifoq terma jamoasi aʼzosi. Hozirgi kunda u Xalqaro qilichbozlik federatsiyasini boshqaradi, Rossiya qilichbozlik federatsiyasi vasiylik Kengashi raisi, Rossiya Olimpiya o‘yinlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi vasiylik kengashi aʼzosi, shuningdek, Xalqaro Olimpiya televideniyasini rivojlantirish qo‘mitasi aʼzosi.

Insidethegames.biz nashri hisob-kitoblariga ko‘ra, so‘nggi uch olimpiya sikli davomida Usmonov xalqaro federatsiyani qo‘llab-quvvatlash uchun 80 million dollardan ko‘proq mablag ajratgan.

Pandemiya oldida barcha tengdir

Biroq, 2020 yilda, o‘tgan yillardagi “tinch” xayriya faoliyati ikkinchi planga qolib ketdi. Yil yangi xavfli kasallik epidemiyasi, misli ko‘rilmagan iqtisodiy va ijtimoiy muammolar bilan chaqiriq bilan boshlandi.

“Albatta, koronavirus pandemiyasi biznesga, afsuski, butun dunyo iqtisodiyotiga taʼsir qildi. Tadbirkorlar nafaqat aktivlarga, balki majburiyatlarga ham ega. Virusning nafaqat o‘zi, balki bozorlarni larzaga soluvchi axborot to‘lqini ham juda xavflidir”, – dedi Usmonov mart oyi boshida.

“Hozirgi vaziyatda eng muhimi geosiyosiy ziddiyatlarga qaramasdan dunyo davlatlari rahbarlarining global xavf oldida odamlarning salomatligi va baxt-saodati uchun birlashishlari.”

Usmonov va uning sheriklari pandemiyani yengish uchun o‘z hissalarini qo‘shdi. Aprel oyida USM aksiyadorlari Rossiyada yangi koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish bo‘yicha tezkor shtabga 27 million dollardan ko‘p mablag‘ o‘tkazdilar. Mazkur moliyalashtirish tibbiyot xodimlari va ko‘ngillilar uchun himoya vositalarini sotib olishga qaratilgan bo‘lib, aprel-may oylarida Rossiyaga umumiy og‘irligi 350 tonnaga teng 25 million donadan ortiq inventarlar sotib olinishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Alisher Usmonov pandemiya davrida Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatdi. U O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi tomonidan o‘tkaziladigan “Mehr” dasturining asosiy homiylaridan biriga aylandi, unga ko‘ra aholining eng zaif qatlamlari bir martalik to‘lovlarni olishlari mumkin.

Usmonov O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi bilan kurashish uchun 25 million dollar ajratdi. 2020 yil may oyi boshida Sirdaryodagi texnogen fojea tufayli mamlakat va qo‘shni Qozog‘istonning chegara hududlarida sodir bo‘lgan suv toshqini oqibatida 100 mingdan ortiq odam zarar ko‘rdi. Bu vaziyatda tadbirkor “Biz yordamga muhtoj insonlarga alohida rahm-shafqat ko‘rsatishimiz kerak” deb taʼkidlab, falokat oqibatlarini bartaraf etish uchun 15 million dollar ajratdi. ” Ushbu mablag‘ning 5 million dollari Qozog‘istonga, 10 million dollari O‘zbekistonga yuborildi.

May oyi boshida bne IntelliNews nashri Usmonov tomonidan boshqariladigan kompaniyalar koronavirusga qarshi kurashga yo‘naltirilgan mablag‘ va manbalar miqdorini “100 million dollardan qo‘proq” deb baholadi. Bu esa Usmonovni koronavirusga qarshi kurashda Jek Dorsi va Bill Geyts bilan bir qatorda dunyodagi eng saxovatli donorlar uchligiga kiritadi.

Forbes i Bloomberg maʼlumotlariga ko‘ra, Alisher Usmonov sayyoramizdagi eng nufuzli odamlardan biri. U tog‘-kon va metallurgiya, telekommunikatsiya, texnologiya va Internet-biznes sohasidagi korxonalarni birlashtirgan USM xolding kompaniyasining asoschisidir. Guruh aktivlari tarkibiga “Metalloinvest” xoldingi, “Baykal tog‘li kompaniyasi” va “MegaFon” uyali aloqa operatori kiradi. Shuningdek, USM internet-bozorning rus tilida so‘zlashuvchi segmentida peshqadam hisoblagan Mail.Ru Group aksiyadori hisoblanadi.

Qolaversa Alisher Usmonov Facebook, Alibaba, JD.com, Uber, Spotify, Zalando, Flipkart, Zocdoc va Klarna singari eng tez rivojlanayotgan internet-loyihalarga venchur sarmoyalari bilan tanilgan. Bugungi kunda tadbirkorning investitsiya manfaatlarida qatorida sunʼiy intellekt, katta maʼlumotlar, almashinuv iqtisodiyoti, tibbiyot va biotexnologiya sohasidagi yangiliklar kabi innovatsion sohalar mavjud.

Tadbirkor ” Kommersantʼ” nashriyot uyi va ” Ximki Grupp” rivojlanish kompaniyasiga egalik qiladi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Usmonov “Arsenal” (Buyuk Britaniya) klubining yirik aksioneri bo‘lgan.

Muallif: Nadejda Ageyeva