Xitoy Markaziy Osiyo mamlakatlari hududiga ko‘z olaytirmoqdami?

Kuzatuvchilar fikriga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqa suverenitetiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid soladigan vaziyatga munosabatini baholash uchun Pekin “o‘z” hududlarini qaytarish g‘oyasini ishga tushirmoqda.

Xitoy havo-desant qo‘shinlari qo‘nish amaliyotini o‘tkazmoqdalar. Surat 29 oktyabr kuni chop etildi. (Xitoy Mudofaa vazirligi)

Olmaota – Xitoy Kommunistik partiyasi nazorati ostidagi ommaviy axborot vositalarining Markaziy Osiyo davlatlari Xitoyga “qaytish” uchun harakat qilayotgani haqidagi doimiy daʼvolari, ularning suverenitetiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid va mintaqa uchun xavotirli tendensiyadir, deb taʼkidlamoqda tahlilchilar.

Baxorda Qozog‘iston va Qirg‘iziston koronavirus avj olishi bilan kurashayotgan vaqtda, Xitoy saytlari mazkur davlatlar rasmiylari g‘azabiga sabab bo‘lgan provokatsion bayonotlar berishdi.

Aprel oyida Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Xitoyning Sohu.com veb-saytida chop etilgan “Nima uchun Qozog‘iston Xitoyga qaytishga intilmoqda” nomli maqola bo‘yicha Xitoy elchisini vazirlikka chaqirtirgandi.

Maqola muallifi Qozog‘iston  hududini mamlakatga tegishliligini shubha ostiga qo‘ygan va bu yerlar tarixiy jihatdan xitoyniki ekanligi va “Qozog‘iston Sin imperiyasining vassali bo‘lgan” degan fikrni ilgari surgan.

Toutiao.com veb-saytida chop etilgan “Nima uchun Qirg‘iziston mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘z vataniga qaytmadi?” maqolasida Qirg‘izistonni Xitoy hududining bir qismi sifatida ko‘rsatilgan xarita keltirilgan. (Toutiao.com)
Pekin iqtisodiy va harbiy pozitsiyalarini tobora mustahkamlayotgan Markaziy Osiyo yaqinidagi munozarali mintaqadagi mashqlar vaqtida qurol va uskunalarni tashiyotgan Xitoy harbiy kolonnasi. (Xitoy Mudofaa vazirligi)

Maqola mualliflari shaharlar nomini ochiqlamagan holda “Qozog‘istondagi kichik shaharlar aholisi o‘zlarini Li Bo [8-asrda yashagan xitoylik shoir] avlodlari, boshqalari esa o‘zlarini Xanliklar (Xitoydagi eng yirik etnik guruh) deb atashadi” degan fikrlarni ilgari surganlar.

Shuningdek, aprel oyida Toutiao.com veb-saytida “Nima uchun Qirg‘iziston mustaqillikka erishgandan keyin o‘z vataniga qaytmadi?” sarlavhali maqola chop etildi.

Sayt tomonidan “O‘rta Osiyodagi eng kichik respublika” deb taʼriflangan Qirg‘iziston, shoh Rossiyasi 1846 yilda Xitoydan jami 510 ming kvadrat metr hududni olib qo‘ymaguncha ming yillar davomida Xitoy tarkibida bo‘lgan. Shu jumladan zamonaviy Qirg‘iziston hududi, deb yozadi Toutiao.com.

Ushbu bayonotni qo‘llab-quvvatlash uchun maqolada Xitoyning o‘sha paytdagi xaritasi keltirilgan. “Mintaqalar va mamlakatlar, o‘z vatanidan ajralib, sog‘inadi va qaytib kelgan” bo‘lsada, 1991 yilda mustaqillikka erishgan Qirg‘iziston Rossiyaning taʼsirida bu ishni amalga oshirmagan, deb taʼkidlaydi maqola muallifi.

Maqola Qirg‘iziston jamiyati g‘azabini qo‘zg‘atdi va nashr provokatsion deb, tanqid qilindi.

“Pekin nafaqat hududiy yaxlitlikka, balki Qirg‘iziston suverenitetiga ham tahdid solmoqda. Bu xavfli chaqiriqdir”, – dedi Orbita.kg yangiliklar saytining Bishkekdan muxbiri Marb Abayev.

Pekin bunday bayonotlar bilan Markaziy Osiyo davlatlarining reaksiyasini o‘rganish uchun o‘z hududlarini qaytarish g‘oyasini taxminiy ravishda ilgari surmoqda, deya qo‘shimcha qildi u.

Maqolalar Xitoy Kommunistik partiyasi tomonidan tasdiqlangan

Sohu.com ushbu maqolani Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Xitoy elchisini chaqirgandan bir hafta o‘tmay o‘chirib tashladi.

Uchrashuv to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Feysbuk”ka joylashtirar ekan, Xitoy elchisi maqolani muhokamasiga eʼtibor bermasdan, faqatgina “ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish uchun axborot makonini turli xil soxta narsalardan tozalash muhimligi taʼkidlangan”.

Biroq, Xitoyning axborot siyosatidan xabardor bo‘lgan kuzatuvchilarni taʼkidlashicha, saytlar Pekinning roziligisiz yolg‘on maʼlumot tarqatmaydi.

Sohu.com Xitoy Kommunistik partiyasi tomonidan boshqariladi va ulkan moliyaviy imkoniyatlarga ega, deydi Olmaota shahrida istiqomat qiluvchi, 2000 yillarda Xitoydan ko‘chib kelgan “Otayurt” (Vatan) inson huquqlari guruhining rahbari va etnik qozoq bo‘lgan Serikjan Bilash.

Yana bir Toutiao.com sayti Xitoyda o‘zining chuqur siyosiy va tarixiy maqolalari bilan tanilgan va Kommunistik partiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan mamlakatdagi eng ommabop onlayn-manbalar qatoriga kiradi.

“Bular har qanday soxta maʼlumotlarni chop etish mumkin bo‘lgan oddiy saytlar emas”, deydi Bilash.

“Mazkur maqolalar Xitoy hukumati Markaziy Osiyo mamlakatlari erkinligi va mustaqilligini tan olmaydi va ularni o‘z hududi deb bilishini ko‘rsatmoqda” dedi Bilash.

Shunga qaramay, Pekin yangi provokatsion maqolalar bilan yolg‘on hududiy daʼvolarni tarqatish bo‘yicha harakatlarini davom ettirmoqda.

Tojikiston hududiga daʼvolar

Pekinning hududiy daʼvolari faqat Markaziy Osiyodagi sinofobik kayfiyatni kuchaytiradi, deydi Abayev.

“Qirg‘iziston va Qozog‘istonda xitoylarga qarshi ommaviy noroziliklarning ko‘payib borishi bu tendensiyani tasdiqlaydi”, deydi u.

Shunga qaramay, Pekin bu safar Tojikistonni nishonga olib, soxta hududiy daʼvolarni tarqatish bo‘yicha harakatlarni kuchaytirishda davom etmoqda.

Iyul oyida Xitoy ommaviy axborot vositalari “Tojikiston o‘z yerlarini Xitoyga o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi va yo‘qolgan Pomir tog‘lari haqiqiy egasiga qaytarildi” degan provokatsion sarlavha bilan maqola chop etdi.

Maqolada  o‘sha paytda ko‘plab tojiklarning g‘azabiga sabab bo‘lgan 2011 yildagi Tojikistonning 1158 kvadrat killometr hududini Xitoyga berilishi haqida aytilgan bo‘lib, bu yerlar Xitoyga Tojikistonning qarzini to‘lash uchun berilgan edi.

Muallif, xitoylik jurnalist-tarixchi Chu Yao Lu faqat xitoy manbalariga tayanib, Tojikistonning hududidagi Pomir tog‘lari XXRga tegishli hududi ekanligini eʼlon qilgan va holat rasmiy Dushanbe noroziligiga sabab bo‘lgan.

Tojikistonning Xitoyga qarzi o‘sishda davom etayotganini hisobga olsak, vaziyat mamlakat qarzlarni kechirish evaziga baʼzi hududlaridan voz kechishiga olib kelishi mumkin – bu fikr oldinroq ham ilgari surilgan edi.

2020 yilda Tojikistonning Xitoyning Eximbanki oldidagi qarzdorligi 1,2 milliard dollargacha ko‘tarildi, deb xabar bergandi Asia-Plus nashri avgust oyida.

Avgust oyida rasmiy Dushanbe Pandemiya bilan bog‘liq vaziyat tufayli Pekindan qarz majburiyatlarini yumshatishni so‘rashga majbur bo‘ldi. Rasmiy Xitoy tomonidan qanday qaror qabul qilinganligi haqida xabar berilmagan.

Manba