Yaqin Sharqda ko’plab ayollar ikki tomonlama tahdidga duch kelmoqdalar: ichki zo’ravonlik va tashqi virus

Dunyoning ko’plab mamlakatlarida COVID-19 pandemiyasi tufayli oilalardagi zo’ravonliklarning o’sishi kuzatilmoqda.

Fransiyada karantin e’lon qilinganidan buyon oilalardagi zo’ravonlik 30 foizga oshganini ma’lum bo’ldi, bu ko’rsatkich Italiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Braziliya va Xitoy mamlakatlari bilan o’xshash.

Uy xavfli joyga aylangan

Ayollarga nisbatan zo’ravonlik Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasida yaqinda yuz bergan tabiiy ofat emas, bu holat yuqori ko’rsatkichlarga ega. Jinsiy va jinsga asoslangan zo’ravonlik surunkali va endemik xarakterga ega.

Tunisning ayollar, bolalar va qariyalar bo’yicha vaziri Asma Shiri Laabidining so’zlariga ko’ra, Tunisda COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan beri gender zo’ravonlik holatlari 5 baravarga ko’paygan.

“Ko’pgina ayollar erlarining jismoniy yaqinligidan azob chekayotganligi va ularning har bir harakatini kuzatib borishdan siqilishayotganliklarini ma’lum qilishgan”.

Virus mamlakatni yopishga olib kelmasidan oldin, korrupsiya va zaif iqtisodiyotga qarshi katta g’alayonlar boshlangan Livanda oiladagi zo’ravonlik darajasi 20 foizni tashkil qilgan edi.

Marokashda 2019-yilda o’tkazilgan hukumat so’rovida ayollarning yarmidan ko’pi zo’rlangani aniqlangan, ammo 7 foizdan kami bu haqda xabar bergan. Bir guruh ayollar hokimiyatga “Uy ayollar uchun eng xavfli joyga aylangan” deb xat yo’llashgan.

Jismoniy zo’ravonlik, odatda, og’zaki haqorat bilan boshlanadi va keyinchalik jinsiy zo’ravonlikni ham o’z ichiga olishi mumkin.
Bu – uzoq zanjirning yakuniy bosqichidir.

Marokash ayollar huquqlarini himoya qilish tashkiloti rahbari Najia Tazrut, bu haqda shunday fikr bildirgan:

“Turmush o’rtog’i tomonidan zo’rlanish bu Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasida tabu “yopiq” mavzu va ayollar bu haqda gapirmaydilar. Ayollar bu zo’ravonlikni qabul qilishadi, chunki ular turmush o’rtog’iga moddiy jihatdan qaram“.

Hozirgi kunda ko’plab ayollar o’zlarining turmush o’rtog’i bilan noma’lum muddatga qulf ostida qolmoqdalar. Cheklovlar yoki virusga duch kelish qo’rquvi tufayli ayollar ota-onalarining uylaridan panoh topa olmaydilar.

Ushbu pandemiya Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasidagi ayollar huquqlarining og’ir ahvolini yana bir bor fosh etdi va uydagi ovozsiz zo’ravonlikni kuchaytirdi.

Muallif: Saussen Ben Shayx, Nitsa universitetining (Frantsiya) Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasidagi davlat va nizolar bo’yicha fan doktori.

Tarjima: Davr24 tahririyati.