Fuqarolik jurnalistikasi kelajagi haqida nima deysiz?

Uning Xalqaro ekspertlar tomonidan tan olingan ijobiy tomonlari:

* “Fuqarolik jurnalistikasi”ning g‘oyasi shundan iboratki, jurnalistika sohasida kasbiy tayyorgarligi bo‘lmagan odamlar zamonaviy vositalar va Internet texnologiyalaridan foydalanib, maʼlumotlarni tayyorlash va tarqatish bilan bir qatorda anʼanaviy ommaviy axborot vositalari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning to‘g‘riligini tekshirishga imkon bera oladigan qo‘shimcha axborot yig‘imi.

*Bu oddiy fuqaroning biron bir ijtimoiy ahamiyatga ega voqea haqida yozgan xabarlari, jurnalistning xolisligini yoki faktlarning ishonchsizligini ko‘rsatadigan anʼanaviy ommaviy axborot vositalarida tanqid qilingan maqolalar yoki voqea joyidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri joylashtirilgan fotosurat yoki videolavha bo‘lishi mumkin.

*Lokal muammo va kamchiliklarni bartaraf etish hamda masʼul tashkilotlarga takliflar kiritib borish maqsadida fikrlar va faktlarni eʼlon qilib boradi.

*Mavjud muammoni jamoatchilikka olib kirish bilan birga fidbekni (qayta aloqani) interaktiv tarzda olib borish berilgan materialga nisbatan munosabatni ko‘rsata olish imkoniyati bor.

Shu bilan birga, mazkur yo‘nalishning bir nechta salbiy tomonlari ham mavjud:

*“Fuqarolik jurnalistikasi” tartibga solinmagan, haddan tashqari subyektiv, o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi va sifati hamda miqyosi bo‘yicha tartibsiz ish olib boradi.

*Aksariyat xollarda o‘rganilmagan va yuzaki axborotlarni olib chiqadi hamda negativ radikal qarashlar bilan tayyorlangan materiallari bilan hech qanday moneʼliksiz jamoatchilik bilan bo‘lishadi.

*Kuzatuvchilari ko‘p bo‘lgan “bloger”lar biror bir tashkilotga va yoki tizimga qarshi bo‘lsa, uni bemalol o‘z kanali yoki profilida bildirishi va o‘z “tarafdor”larini oshirish maqsadida turli chellenjlar tashkil etib ommani boshqarishi mumkin. Aksariyat xollarda taʼmagirlik tufayli amalga oshiriladi.

*Ular tomonidan tayyorlangan materiallar jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha ochilgan kanal yoki profillar ustidan nazoratni mavjud emasligidan foydalanib anonim shaxslar turli bo‘xton tarqatish va aholini to‘plash maqsadidagi turli chaqiriqlar tashkillashtiriladi. Aksariyat xollarda amaldagi hukumatga nisbatan nafrat va negativ munosabatlar shakllantiriladi.

Yana bir gap…

Rossiya hukumati ijtimoiy tarmoqlar boshqaruvini o‘z qo‘liga olishga urinmoqda. IT-gigantlar faoliyatini tartibga solish to‘g‘risidagi qonun, Davlat Dumasida xabar qilinganidek, yaqin oyda qabul qilinadi.

Bu qonunni qabul qilinishi orqasidan mutaxassislarning taʼkidlashicha, ular istalgan X soatda “sizning barcha Internetlaringizni uzib qo‘yishlari” mumkin, garchi nazorat amalda qanday olib borishi hali nomaʼlum bo‘lsada.

Bir tomonda esa “Starlink” sunʼiy yo‘ldoshlari ishni boshlash arafasida. Ilon Mask inrevyularida hozirgidek, “nimanidir o‘chirib qo‘yish mumkin bo‘lgan davr ortda qolganiga ishora qilmoqda. Agar butun elektrni o‘chirishsa-da, lekin bu ham yordam bermaydi, katta quvvatda ishlaydigan generatorlar mavjudligini unutmaslik kerak”,-deb taʼkidlab kelmoqda.

Ilon Mask loyihalarini amalga oshirish maqsadida Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston bilan yaqin hamkorlik olib bormoqda. Maʼlum qilinishicha “Starlink” sunʼiy yo‘ldoshlari ishni boshlasa, bir yil ichida “Starlink” tizimidagi maʼlumotlarni uzatish tezligi 300 Mbit/s gacha ko‘tariladi va sunʼiy yo‘ldosh Interneti o‘zi statsionardan mobilga aylanadi.