Baxtli keksalik. O‘zbekistonlik keksalar nafaqada eng ko‘p yashovchilar qatorida

Har bir mamlakatda nafaqa yoshi turlicha belgilanadi. Aksariyat vaziyatlarda o‘rtacha umr davomiyligi ham shu yoshga yaqin hisoblanadi. Biz bu ko‘rsatkichlarni taqqosladik va MDHning qaysi mamlakatlarida odamlar nafaqada qancha umr ko‘rishlarini aniqladik.

Diqqat qiling mazkur o‘rganishlar natijasida birinchi o‘rinni o‘rtacha 29,7 ball bilan O‘zbekiston egalladi. Ayollarning umr ko‘rish davomiyligi 75 va erkaklar uchun 69,7 yoshni tashkil etadigan mamlakatda, ayollar o‘rtacha 20 yil (55 yoshda nafaqaga chiqadi), erkaklar uchun – 9,7 yil (60 yoshda nafaqaga chiqadi) nafaqa olib bilan yashash imkoniyatiga egalar.

Ikkinchi o‘rinni kichik farq bilan Rossiya egalladi (o‘rtacha ko‘rsatkich – 29,6). Bugungi kunda rus erkaklari – rejalashtirayotgan pensiya islohoti qabul qilinishidan oldin – 6,4 yil nafaqada yashashlari mumkin (ularning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 66,7), rus ayollari uchun – 23,2 yil (o‘rtacha, ayollar 77,2 yil yashaydi).

Uchinchi o‘rinda Belarus (27 ko‘rsatkich bilan). Bu yerda ayollar nafaqada 21 yildan ko‘proq, erkaklar deyarli 6 yil yashash imkoniyatiga ega.

Pensiya yoshidagi umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha antireytingni Qozog‘iston boshqarib bormoqda. O‘rtacha nafaqa muddati – 8.05. Bu mamlakatda ayollar o‘rtacha 75 yil umr ko‘rishadi, shuning uchun qonun bo‘yicha 63 yil pensiyaga chiqqach, ular 12 yildan ko‘proq nafaqa oladilar. Erkaklar ham 63 yoshida nafaqaga chiqadi, lekin o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi deyarli 67 yil, ular nafaqada to‘rt yil ham yashamaydilar.

Agar biz erkaklar va ayollar uchun indikatorlarni alohida taqqoslasak, eng yaxshi holat Rossiyada – bu yerda ayollar nafaqada 23 yildan ortiq yashaydilar. Nafaqadagi umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda – Belarus (21 yil), uchinchi o‘rinda – O‘zbekiston (20 yil). Eng kam natija Qozog‘iston va Moldovada (12 yil).

O‘zbekistonda yashayotgan erkaklar MDHda eng baxtlilar qatorida. Ular nafaqada deyarli 10 yil yashash uchun barcha imkoniyatlarga ega. Bu MDH aholisi orasida eng yuqori ko‘rsatkich. Ikkinchi o‘rinda Украина – erkaklarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 67,6 yil, nafaqada 7,6 yil. Uchinchi o‘rinda rus erkaklari – ular nafaqada olti yarim yildan kamroq yashaydilar.

40 yil ishlab, soliq to‘lab nafaqada mazza qilib yashayman, degan obunachilarimiz uchun maxsus tayyorlandi.