Сovid-19 vaksinasining 1 million dozasi yo‘q qilindi

Nigeriyada Сovid -19 vaksinasining muddati o‘tgan 1 million dozasi yo‘q qilindi.

Nigeriya Sog‘liqni saqlash xizmatlari milliy agentligi direktori Faysal Shuaibning aytishicha, ilgari xalqaro xayriya jamg‘armalari vaksinalar taqchil bo‘lgan paytda uning mamlakatiga muddati o‘tgan vaksinalarni hadya qilgan.

Shu munosabat bilan muddati o‘tgan vaksinaning 1 million dozasi utilizatsiya qilinadi. Yo‘q qilish Milliy oziq-ovqat va giyohvand moddalarni nazorat qilish markazi bilan hamkorlikda Sog‘liqni saqlash xizmatlari agentligi tomonidan amalga oshiriladi, dedi u.

Shuayb o‘z mamlakati bundan buyon qisqa muddatli vaksinani qabul qilishdan bosh tortishi haqida ogohlantirdi.