Xalq qabulxonalari: natijalar qanday?

(uchinchi qism)

 Sirdaryo viloyatida tashkil etilgan sayyor qabullar doimgidek, Prezident administratsiyasi, Xalq qabulxonalari boshchiligida (!)20 ga yaqin vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida tashkil etilgan.  (avvalgi materiallar 12-qism)

Qabullar natijasi sifatida esa quyidagi hisobotlar keltirilgan unga ko‘ra: Bosh prokuroratura yo‘nalishida – 137 ta masala ko‘rib chiqilganligi, Oliy sud raisi o‘rinbosari tomonidan esa 22 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilinganligi, 7 nafar shaxsga nisbatan belgilangan jazo yengilrog‘iga almashtirilganligi, 1 nafar shaxsga tayinlangan jazo qisqartirilganligi, hamda, muloqotlar davomida 22 nafar voyaga yetmagan farzandi bor 12 ta oila yarashtirilganligi (uzrkuya oilani yarashtirish bir yilda bir oliy sud ishtirokida o‘tadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqish shartmi? bunchalik kichik oilaviy masalalardan boshqa masalalar viloyat bo‘ylab topilmagan bo‘lsa, demak, biz orzuimizdagi O‘zbekistonda yashamoqdamiz!) to‘g‘risidagi maʼlumotlar keltirilgan.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan esa hudud bo‘ylab 83 ta murojaat ko‘rib chiqilgan bo‘lib, undan 48 tasi joyida hal qilingan, xususan, 8 nafar fuqaro ichki ishlar organiga ishga qabul qilindi (ishga qabul qilinish uchun vazirlikdan masʼullar kelishi shart bo‘lgan bo‘lsa kerak-da), (yaxshi xabar ham bor) fuqaroligi bo‘lmagan 35 nafar shaxsga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti berilgan.

Qabullar davomida Avtomobil yo‘llari ko‘mitasiga kelib tushgan 62 ta murojaatning 29 tasi joyida hal qilib berilganligi aytilmoqda, natijasi sifatida esa, 19,9 km yo‘l joriy taʼmirlanganligi, qariyb 4,5 km tuproq yo‘llarga tosh-shag‘al yotqizilganligi va Xovos tumani “Yangiyer” mahallasining 1 km.dan ziyod chang ko‘chalari tosh yo‘lga aylantirilganligi ko‘tarinki, kayfiyatda (!) maʼlum qilinmoqda.

Elektr energiyasi taʼminoti bo‘yicha esa 49 ta murojaat ko‘rib chiqilgan 38 tasiga joyida yechim topilgan bo‘lib, natijasi sifatida 64 ta eskirgan simyog‘ochlar beton ustunlarga almashtirilib, 1,2 km elektr tarmog‘i tortilgan.

Qabullarda kommunal sohaga tegishli qator muammolar ko‘rib chiqilganligi aytilgan unda manzili bilan berilgan “Ulug‘bek” ko‘chasida joylashgan ikki qavatli turar joy tomlari taʼmirtalabligi bois, qor-yomg‘ir suvlari xonadonlarga sizib kirar, hatto 1 qavatgacha yetib borgan edi. Qabullar davomida bu masala ham joyiga chiqib o‘rganildi (bu hali yana qaytadan o‘rganilgan) va qisqa muddatda tijorat banklaridan kredit ajratilishi hal etib berildi. Yaqin kunlarda uylarning tomi to‘liq yangidan shifer bilan qoplanadi, deb maʼlumot berilgan.

Mazkur hisobotlarni tayyorlayotganda va qabullarga tayyorlanish mobaynida sal bo‘lsada chegara bormikan? bunday lokal muammolar viloyat miqyosidagi yig‘ilishlarda ko‘rib chiqilib, kelgusida kredit olishga ko‘maklashildi deya respublika miqyosida tarqatish o‘zlari uchun uyatli hisoblanmasmikan?! Kuz-qish mavsumiga tayyorganlik ko‘rish degan tushunchalar (vazifalar) bo‘lar edi, qachondan buyon bu jarayonlar ham qabullarda ko‘rib chiqilib viloyat miqyosida bittagina turar joyni tomini kredit mablag‘lariga yopilishi to‘g‘risidagi hisobotlar bilan ko‘rsatib berilmoqda, Sirdaryo viloyatida boshqa muammolar yo‘qmi “Sardoba” talofati natijasida aholining komunal soha yo‘nalishida boshqa muammolari qolmaganmikan?)

Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari ishtirok etgan tadbirlarda esa 77 ta murojaatning 49 tasiga yechim topilgan. Natijada, 18 nafar fuqaroga davolanish uchun order va yo‘llanma, o‘nlab murojaatchilarga nogironlik aravachalari, protez-ortopediya buyumlari, dori-darmonlar ajratildi. (order bilan yo‘llanmani oilaviy poliknikalar tomonidan berilishini qaytadan ko‘rib chiqish kerak (!), yilda bir marta vazirlik ishtirokidagi qabullarni kutguncha (fuqaro kutaveradi boshqa iloji ham yo‘q) kasallik kutib turmaydi-da)

Xalq taʼlimi yo‘nalishi bo‘yicha esa yana-da qiziqarli maʼlumotlar bor. Vazir o‘rinbosariga murojaatlardan so‘ng 6 tamaktabga 95 ta kompyuter jamlanmasi va badiiy adabiyotlar yetkazib berilgan, 22 nafarmurojaatchi xalq taʼlimi tizimiga ishga qabul qilingan. Adashmasak, har bir vazirlik hududlarda o‘z boshqarmalariga ega va bu boshqarmalarni ushlab turish yaʼni bino, avtoulov, jihozlar va oylik olishlari uchun byudjetdan mablag‘lar sarflanadi.

Mana shu o‘rinda savolda, shunday ekan nega boshqarma boshliqlari maktabga kerakli kompyuter jihozlarini (badiiy adabiyotlarni) va tizimga qarashli bo‘lgan kadrlar masalasini ham xal eta olishmaydi? balki, barcha ishlarni markazlashtirib qo‘ya qolarmiz. Vazir va uning o‘rinbosarlari hal qilaverishsin byudjetni tejab qolamiz hech bo‘lmaganda (soliq to‘lovchilarning haqqi ahir!)

Yana mazkur tizimdagi katta muammoni yechimini keltiramiz: “Bu galgi sayyor qabullar Xovos tumanidagi 4-umumiy o‘rta taʼlim maktabi jamoasi uchun ham unutilmas voqelik aylandi. Sababi mazkur maktab o‘qituvchisi Ulug‘bek Do‘stmurodovning xalq taʼlimi vaziri o‘rinbosariga murojaatidan keyin maktabga 15 ta zamonaviy kompyuter jamlamasi ajratildi.”

Davom etamiz, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi masʼullariga murojaatlardan keyin 8 ta xonadonga 1,2 km. optik tolali aloqa kabellari tortilib, internet ulab berildi. (albatta to‘lovlari har oyda xonadon egalari tomonidan amalga oshirilib boriladi) “Yana bir xayrli amal” – qabullardagi murojaatlar asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun “onlayn dars” tayyorlashi uchun sharoit yaratildi. (manzili bilan keltirilgan maʼlumot) Maʼrifat mahallasida yashovchi A.Abdimo‘minovaning murojaati asosida uning xonadoniga zamonaviy internet tarmog‘i ulandi. Ehtiyojmand bu oila farzandlariga yangi  televizor ham olib berildi. (bunday hayr ehsonlarni hozirda sahovatpesha insonlar tomonidan ko‘plab marta amalga oshirilmoqda.) Internet tarmog‘iga ulash va uzluksiz ishlashi mazkur vazirlikning bevosita vazifasi hisoblanadi. O‘z vazifasini bajarishga harakat qilayotgani uchun ham minnatdorlik bildiraveramiz.

Ikki kun davomida Guliston, Shirin, Yangiyer shaharlari va Sirdaryo tumanida tashkil qilingan ommaviy qabullarda 1 ming 313 ta murojaat bo‘yicha 1 ming 328 ta masala ko‘rib chiqilgan, 612 ta murojaat  joyida hal qilingan, 416 ta murojaat egasiga huquqiy maslahat va tushuntirish berilgan bo‘lsa, 300 ta murojaat bo‘yicha aniq muddat va masʼullar belgilanib, nazoratga olingan.

Bu maʼlumotlarni tayyorlanishi hisobdorlik yaxshi, biroq, Prezident tomonidan xalq qabulxonalarini tashkil etilishi va bu tizimni yaratishdan maqsad joylarda hal bo‘lmayotgan muammolarni yaxshiroq o‘rganish va yechimini ijobiy hal etishda masʼul tashkilotlar eʼtiborliroq bo‘lishi uchun edi. Afsuski, joylardagi qabul natijalari sifatida o‘ta kichik va lokal masalalarni ham ko‘rsatish bu tizimga bo‘lgan ishonchni borgan sari qo‘l uchida tashkil etilayotganini ko‘rsatib qo‘ymoqda!