Joriy yilning mart oyida Nur-Sultonda Qirg‘iziston va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasida bepul harbiy-texnik yordam to‘g‘risida bitim imzolangan.
Shu bois, Qozog‘iston Qirg‘izistonga berilishi rejalashtirilgan harbiy-texnik vositalar:
· PS o‘qi bilan 5,45 mm kalibrdagi 6 million 480 dona patron;
· Yuqori portlovchi qismli jangovar kallaklar bilan 122 mm raketalarning 1000 donasi;
· 2 ming to‘q sariq tutunli tuproqli signal lentalari;
· 1000 dona 26 mm sariq signal kartrijlari;
· 4 ta “Vostok-SP” tinglash postlari;
· 6 ta “Galaktika” raketa tashuvchisi;
· 1 ta antenna kaliti “Kalina 12 × 80”.
Xabarda bildirilganidek, o‘tkazilgan vositalar foydalanilmaydi faqat zahira sifatida saqlanadi.
Avvalroq Qozog‘iston Mudofaa vazirligi Tojikistonga beg‘araz harbiy-texnik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida qonun loyihasi tashabbusi bilan chiqqani maʼlum bo‘lgan edi. Qonun lyihasi 17 iyungacha jamoatchilik fikri uchun internet tarmqg‘ida nashr etilgan.
4 iyun kuni soat 3.00 da Tojikiston tomoni konteynerni Chon-Olay viloyatining Unju-Buloq hududidagi chegaraning taʼriflanmagan qismida, Qirg‘iziston hududiga 1 ming metrgacha chuqurlikka o‘rnatishni boshladi.
Chon-Oloy tumanining Jekendi, Qora-Teyit, Qora-Mikk, Chuluk va Shibe qishloqlari aholisi Darot-Qo‘rg‘on qishlog‘idagi aholi maktablarga evakuatsiya qilingan.
Bu qirg‘iz-tojik chegarasidagi birinchi hodisa emas.