Xitoy va AQSh kurashida yangi hamkorlar

Pekin AQSh va Buyuk Britaniyaning Xitoy hukumatiga qarshi siyosatiga tayyorlanmoqda – bu masala bo‘yicha Vashington va London tandemda harakat qiladi ularga Avstraliya ham qo‘shilishi kutilmoqda. Bu haqda avvalgi maqolada yozilgan edi.

Pompeo ko‘p bora aytganidek va demokratlar erishmoqchi bo‘lgan Amerika Qo‘shma Shtatlarining maqsadi – Xitoyni “ushlab turishga” qodir bo‘lgan global koalitsiya tuzish edi, biroq bu g‘oyani deyarli amalga oshirish mumkin emas. Yevropaning boshqa poytaxtlari singari Berlin va Parij ham o‘zlarining savdo-iqtisodiy manfaatlari tufayli ushbu g‘oyani amalga oshishidan faqat zarar ko‘radi.

Bundan tashqari, AQSh ularni (Yevropa Ittifoqi) Xitoy bilan keraksiz mojaroga tortib olishga urinishidan qo‘rqmoqda. Umuman olganda Yevropa Ittifoqi uchun Vashington va Pekin o‘rtasida vositachilik qilish foydaliroq.

Yevropa Ittifoqi Xitoyni “bo‘g‘ib turishda” AQSh bilan hamkorlik qilgandan ko‘ra, o‘rtada vositachilik qilish manfaatliroq, shu bois, AQSh o‘ziga hamkor sifatida Angliya-Saksoniya davlatlarining hamkorligiga umid bog‘lamoqda.

Aleksey Pushkovning maʼlum qilishicha Xitoy hukumati esa o‘z navbatida ushbu strategiyaga Moskva bilan ittifoqlikda qarshi kurashmoqchi.