Markaziy Osiyoda xususiy sektorni rivojlantirish uchun sarmoya ajratildi

Markaziy Osiyoda O‘zbekiston, Qozog‘iston va AQSh sarmoyaviy sherikligini eʼlon qildi. Maʼlum qilinishicha, har har uchta davlat ham Markaziy Osiyoda xususiy sektor loyihalarining o‘sishi va iqtisodiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun 5 yil ichida 500 million ($) dollar sarmoya kiritadi.

Ideal holda, ushbu investitsiya sherikligi Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston va Qozog‘istonning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shishi hamda “mintaqadagi koronavirus pandemiyasining iqtisodiy oqibatlaridan xalos bo‘lishga yordam berishi” kerak.

Mazkur “xayriya” harakati mamlakatlar hayotiga qanday taʼsir qilishi mumkin. Qolaversa, AQSh mintaqaga o‘z taʼsirini geosiyosiy jihatdan taʼsir eta olmaydi, lekin u Markaziy Osiyoga sarmoya kiritishi va loyihalarni moliyalashtirish orqali o‘zi uchun kerakli “imkoniyat”larni yaratib olishi mumkin. (bu hozircha tahminlar)