Gruziya:OITS va gepatit C kasalliklari bo‘yicha bayonot

Yuqumli kasalliklar patologiyasi, OITS va klinik immunologiya ilmiy-amaliy markazi rahbari T.Sertsvadze: Gruziya dunyoda OITSni yenggan birinchi davlatlardan biriga aylanadi.

Uning so‘zilariga ko‘ra, global miqyosda epidemiyaning oxiri 2030 yilga kelib tugashi kutilmoqda.

“Biz, albatta, ikkita epidemiyani – OITS va gepatit С-ni birdaniga tugatgan birinchi mamlakat bo‘lamiz”, – dedi Sertsvadze.

So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, Gruziyada OIV bilan kasallangan 8474 kishi ro‘yxatdan o‘tgan. Shu jumladan 6 326 erkak va 2 148 ayol. Bemorlarning aksariyati 29 yoshdan 39 yoshgacha. OITS 4340 bemorda rivojlangan.

2020 yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami VICh ga chalinganlar soni 43581 kishiga yetgan.

Avvalgi yillarga solishtirganda o‘tgan bir yil ichida O‘zbekistonda VICh ga chalinganlar soni 1483 taga ko‘payganini ko‘rsatmoqda.