Mutaxassislar O‘zbekistonda eng kam ish haqi miqdorida yashash mumkinmi yoki yo‘qligini aytishdi

Picodi jamoasi bir xil mahsulotlarning turli mamlakatlardagi narxlarini taqqosladi va rasmiy minimal daromadning necha foizi asosiy oziq-ovqat savatini qoplashga sarflanishini tekshirdi.

Taʼkidlanishicha, o‘tgan yilgidek, oziq-ovqat narxlarining eng kam ish haqiga nisbati Angliya, Irlandiya va Avstraliyada eng maqbul nisbati qayd etilgan. Ushbu mamlakatlarda oziq-ovqat savati mahalliy eng kam ish haqining 7 dan 7,6% gacha to‘g‘ri kelgan.

“O‘zbekiston (103,9%) va Nigeriya (131%) kabi mamlakatlarda eng kam ish haqining rasmiy miqdori eng oddiy mahsulot to‘plamini sotib olishga imkon bermaydi”, deyiladi bayonotda.