СОVID 2009 yilgi inqirozga qaraganda 4 barobar ko‘proq ish joyini qisqartirdi

AQSH va Xitoy korporatsiyalarida katta miqdordagi qarzlar to‘planib qolgan va ularning aksariyat xavfi yuqori bo‘lgan qarz hisoblanadi. Yevropa Markaziy banki yevro hududida xizmat ko‘rsatilmaydigan kreditlar ulushining o‘sishidan xavotir bildirmoqda. XVJ esa korporativ dollar bilan ifodalangan qarzlarning o‘sishi to‘g‘risida ogohlantirgan. Bozorga ko‘chmas mulk va turizm sohasi qo‘shimcha taʼsir etayotganligini ham unutmaslik kerak.

Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) hisobotida aytilishicha, 2020 yilda koronavirus “pandemiyasi” sababli 2009 yilgi jahon moliyaviy inqirozi eng yomon davriga nisbatan to‘rt baravar ko‘p ish o‘rinlari yo‘qolgan.

XMT hisob-kitoblariga ko‘ra, biznes qilish va odamlarni safariga qo‘yilgan cheklovlar dunyoda ish vaqtini 8,8 foizini qisqarishiga olib keldi. Bu 255 million doimiy ish joyiga teng, yaʼni o‘n yil oldingi moliyaviy inqiroz taʼsiridan to‘rt baravar ko‘p.

“Bu 30 yillardagi Buyuk Depressiyadan keyingi mehnat dunyosi uchun eng yomon inqiroz. Uning taʼsiri 2009 yilgi global moliyaviy inqirozga qaraganda ancha katta”, – deb tan oldi XMT Bosh direktori Gay Rayder. Unga ko‘ra, taʼsir qisqartirilgan ish soatlari va misli ko‘rilmagan ish o‘rinlari yo‘qotilishi o‘rtasida deyarli teng taqsimlandi.

XMT ko‘p insonlarni ish bilan taʼminlaydigan korxonalar – restoranlar, barlar, do‘konlar, mehmonxonalar va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalariga qo‘yilgan cheklovlar tufayli ishdan ayrilganlarning aksariyati umuman ish izlashni to‘xtatganlar deb maʼlumot bermoqda.

Dunyo bo‘ylab ishsizlik 3,7 trillion dollar daromadni yo‘qolishiga olib keldi. Bu “g‘ayrioddiy ko‘rsatkich” deb hisoblamoqda Rayder. Ishsizlikdan eng ko‘p aziyat chekayotganlar bu ayollar va yoshlar.

XMT 2021 yil ikkinchi yarmida baʼzi ish joylarini tiklanishini kutmoqda, bu СОVID-19 bilan kasallanganlar soni qisqarishi va vaksina bilan emlash boshlanganligi bilan bog‘liq. Lekin, hozirgi kunda ko‘plab mamlakatlarda kasallanish holati yuqori darajada bo‘lib, vaksina bilan emlanish esa hamon juda sust.