Rossiya fuqaroligini olish bo‘yicha O‘zbekiston “kuchli” o‘nlikda

Rossiyada to‘g‘ilish rekord darajada kamayib, boshqa davlatlar fuqarolariga fuqarolik pasportini berish oshib bormoqda.

O‘tgan yili 676,8  ming xorijlik Rossiya pasportiga ega bo‘ldi. Bu haqda FinExpertiza xalqaro auditorlik va konsalting tarmog‘i o‘rganishlari maʼlumot bermoqda.

Rossiya fuqaroligini olish bo‘yicha eng katta ko‘rsatgich 2005 yilda sodir bo‘lgan.

So‘nggi yillarda Rossiya pasportlarini berish deyarli doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Fuqarolikni oluvchilarning aksariyati Ukraina (46,6% ), Qozog‘iston (12,9%) va Tojikiston (10%) dan so‘ng“kuchli” o‘nlikka Armaniston (7,2%), O‘zbekiston (6,3%), Moldova (4,8%), Ozarbayjon (3, 4%), Qirg‘iziston (2,7) %), keyin fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar guruhi (2,4%) va Belorusiya fuqarolari (1,3%) hisoblanadi.

O‘tgan yili hukumat to‘rt mamlakat – Ukraina, Belorusiya, Moldova va Qozog‘iston fuqarolari uchun Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtiradigan qonun loyihasi ishlab chiqqilgan edi. Mazkur qonunchilik bo‘yicha ular pasport olish uchun Rossiyada besh yil muqim yashashlari shart emas. Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, bu fuqarolikni qabul qilish holatlari sonining yana-da ko‘payishiga olib kelgan. Bundan buyon ko‘rsatkach yana-da oshib borishi kutilmoqda.

Mazkur qonunchilikda ko‘rsatilgan yengillik tufayli Rossiya fuqaroligini olish jarayonini soddalashtirish mamlakatga “Madaniy jihatdan ruslarga yaqin odamlar kelishini ko‘paytirishga erishish” sifatida ko‘rilmoqda.

Biroq, bu qulaylikni MDHning boshqa davlatlari yaʼni O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston kabi davlatlarning fuqarolari uchun rejalashtirilmaganligi ham aytib o‘tilgan.

Federal Migratsiya Xizmati direktorining sobiq muovini (Ichki ishlar vazirligi tarkibiga kiritilgan), migratsiya qonunchiligi mutaxassisi Vyacheslav Postavnin 2019-2025 yillarda davlat migratsiya siyosati konsepsiyasiga binoan Rossiyaga 5-10 million odam jalb qilinishi kutilayotganini aytmoqda. “Fuqarolikni oladiganlar sonining ko‘payishi tendensiyasi o‘tgan yili og‘ir demografik vaziyat tufayli boshlangan”, dedi u. “Bungacha, mintaqada yiliga 200-300 ming fuqarolik berilardi”.

Shu bilan birga, Rossiyada tug‘ilish darajasi pasayishi davom etmoqda: o‘tgan yil boshida qabul qilingan oilani qo‘llab-quvvatlash choralariga qaramay 2020 yilning 11 oyida mamlakatda 2019 yilning shu davriga nisbatan 60 mingga yaqin bola kam tug‘ildi.

2020 yilning so‘nggi choragida ushbu tadbirlarning ozroq bo‘lsada ijobiy taʼsiri ko‘rildi, ammo pandemiya tufayli odamlar iqtisodiy inqiroz oqibatlari natijasida, 2021 yilning ikkinchi choragida yana tug‘ilishning pasayishini kuzatilishi mumkin.