Islomobod atrofidagi geosiyosiy o‘yinlar tahlili

AQSh, Xitoy va Rossiya o‘zaro bosimni yanada oshirish va o‘zlarining muammolarini hal qilish uchun ya’ni har biri o‘z sababi bilan Pokiston uchun “epik” kurash olib bormoqda.

Pekin uchun Pokiston azaldan Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq mintaqalarida Xitoy ta’sirining eng muhim manbai bo‘lgan “Xitoy Isroili”ga aylanib ulgurdi.

Amerikaliklar Islomobodni g‘arbiy Afg‘onistonni nazarotda ushlab turishda eng maqbul makon sifatida ko‘radi va uni Pekindan uzoqlashtirishga umid qilishadi.

Rossiya uchun Pokiston Amerikaning mintaqadagi manfaatlariga qarshi o‘yinda “sherik” sifatida, shuningdek Tolibon va boshqa jihodchi guruhlarga ta’sir o‘tkazish uchun manba sifatida qiziqarli.

Ma’lumki, ushbu terroristik guruhlar asosan Pokistonning idoralararo razvedka xizmati tomonidan nazorat qilinadi.

Bunday ulkan mamlakatlar e’tiboridagi davlat, shubhasiz hozirgi holatidan maksimal darajada foydalanishga harakat qiladi. Moskva va Islomobod eksklyuziv strategik ittifoqqa ega bo‘lmasliklari sababi, Rossiyaning Hindiston bilan uzoq muddatli strategik munosabatlarini buzishi mumkin.