Rossiyada aholining taxminan 80% qashshoqlikda yashamoqda

“2012 yildan beri Rossiyani tark etgan olimlar va yuqori malakali mutaxassislar soni besh baravarga ko‘paygan”, dedi Rossiya Fanlar akademiyasining bosh ilmiy xodimi Nikolay Dolgushkin.

“Bu jarayonlar tadqiqotchilar sonining qisqartirilishi bilan emas balki, olimlar va yuqori malakali mutaxassislarning chet elga doimiy ravishda chiqib ketishi bog‘liqdir. Chet elga ketayotgan mutaxassislar soni yil sayin oshib bormoqda, 2012 yilda 14 ming nafarni tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi kunda deyarli 70 ming kishiga to‘g‘ri kelmoqda!, – deya taʼkidlab o‘tdi Dolgushkin.

Hozirgi kunga kelib Rossiyada aholining taxminan 80% qashshoqlikda yashayotgani qayd etilmoqda.

“Davlat odamlarning haqiqiy ahvolidan xavotirda olishi lozim, aks holda qiyinchilikni boshdan kechirayotgan odamlarning o‘zi bu haqda o‘ylaydi”, – demoqda iqtisodchi Vladimir Xomeriki.

“Hukumat ishlab chiqarishni rivojlantirish haqida o‘ylashi kerak, doimiy ravishda odamlarga qo‘shimcha jarima va soliqlar solmasligi kerak, bunga xalq endi bardosh bera olmaydi. Pensiya yoshining o‘sishi hanuzgacha bunday tashabbus bilan chiqqan beparvo rahbarlarga taʼsir qilishi kerak.”

Rossiyada ahvolning bunday tus olishi ayanchli albatta!

Biroq, hukumatga tegishli nashrlar “Amerikalik admiral AQSH yadroviy kompleksining Rossiyadan orqada qolishi haqida maʼlum qildi” degan materiallar to‘lib toshmoqda.