Turkmanistonda un va non tanqisligi boshlanmoqda

Axal viloyatida bug‘doy o‘rim-yig‘imi boshlandi, ammo hosil katta bo‘lmadi, deb xabar bermoqda “Xroniki Turkmenistana” internet nashri muxbirlari.

Ko‘p joylarda bug‘doy novdasi balandligi 20 santimetrdan oshadi xalos. Dalalarni qamish va begona o‘tlar bosib ketgan.

Murg‘ap, Yoloten va Meri viloyatining Turkmanqalʼa etraplari qishloq aholisi ham bug‘doyning kam hosilidan shikoyat qilmoqdalar.

Meri viloyatining sobiq qishloq xo‘jaligi ishchisining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda qishloq xo‘jaligini boshqarish tizimining yomonlashishi hamda tuproqning tanazzulga uchrashi va so‘nggi yillarda suv yetishmasligi bilan yana-da og‘irlashmoqda. Shuning uchun aholi isteʼmol qiladigan asosiy mahsulot – un va non tanqisligi kuzatila boshlandi.

Hududlar aholisi may oyining oxiriga kelibgina yanvar oyi uchun un (ratsion) stavkasini olishni boshladilar.

Bozor narxi 500 manat (tahminan bir yarim mln so‘mdan sal ko‘proq) bo‘lgan Meri viloyat etraplarida 50 kgli qopni sotib olish qiyin. Chorva mollari uchun yetishtiriladigan makkajo‘xori ekinini qishloq aholisi endi uni o‘zlari uchun olib qo‘yishmoqda. Odamlar aholini un bilan taʼminlash bilan bog‘liq vaziyat yana-da yomonlashishini kutmoqda.

“Hatto bizning itlarimiz ham och qolmoqda. Bug‘doy kepagi bilan mollarni boqish uchun ularni suvga solib qo‘yish kerak. Qarovsiz qoldirilsa, ularni itlar yeydi. Ilgari itlarni chorva yeguligini yeb qo‘yganini hech qachon ko‘rmaganman, – deydi Murg‘ap shahrida yashovchi aholi vakili.

Turkmanboshi shahrida un va non bilan taʼminlash biroz yaxshilanadi. Ular har bir oilaga 5 kg unni (har bir kilogrammi uchun 5 manatdan belgilangan narxda) tarqatmoqdalar. Ammo buning uchun 100 yoki undan ziyod odamning navbatida turish, kerak. Shuningdek, bir oilaga ikkitadan beligilangan tartibda non sotilmoqda.

Turkmen news nashri esa Ashxabodda, Turkmanistonning Bolqon va Toshhovuz viloyatlarida non tanqisligi og‘irlashganini xabar qilmoqda. Poytaxtda xususiy savdogarlarning nonga beligilab olgan narhi ikki baravarga oshgan.

Paxta yetishtirish borasidagi ahvol esa bundan-da yomon.