Xitoyning Afrika qitʼasidagi strategiyasi

Pol Nantula – Afrika strategik tadqiqotlar markazining ilmiy xodimi.

Qisqacha:

Xitoyning Afrikadagi harbiy strategiyasi shaxsiy va professional aloqalarni rivojlantirishga, uning meʼyorlari va modellarini tarqatishga, mafkuraviy va siyosiy birdamlik rishtalarini shakllantirishga qaratilgan.

Tinchlikni saqlash va qaroqchilikka qarshi kurash-ustuvor vazifa xisoblanadi. Ular iqtisodiy jihatdan samarali va siyosiy jihatdan neytral. Xitoy sarmoyalar orqali “Bir makon va bir yo‘l” loyihasi doirasida zaif davlatlarga bilvosita kirib boradi. Bunday operatsiyalar, Xitoyga xalqaro mandatlardan kelib chiqqan holda diplomatik ustunlik beradi.

Xitoy rasmiylari 1950 yillarning o‘rtalarida boshlangan asosiy yondashuv «madaniy yumshoq kuch» siyosati orqali ifoda etilishidan voz kechishni istamaydi.