Tolibonning yetakchisi Mulla Barodar kim?

U Afg‘onistonni qo‘lga olgan Tolibon hukumatida yuqori lavozimni egallashi kutilmoqda.

Asli ismi Abdul G‘ani Barodar Tolibon asoschilaridan biri va guruhning yuqori martabali yetakchisidir.

1968 yilda O‘ruzg‘on viloyatida tug‘ilgan Barodar popalzay qabilasidan bo‘lib, durroniy yoki Qandahor pushtu tilida so‘zlashadi. Barodar Afg‘onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay bilan bir qabiladandir.

U Tolibon mudofaa vazirining o‘rinbosari ham bo‘lgan.

AQSHda 2001 yilning 11 sentyabr kuni amalga oshirilgan terror hujumlari ortidan Barodar Afg‘onistondan Pokistonga qochgan.

Barodar 2010 yilda AQSH va Pokiston razvedka agentliklari tomonidan Karachida hibsga olingan va Pokistonda sakkiz yil qamoqda o‘tirgan. AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus elchisi Zalmay Halilzod taklifi bilan ozodlikka chiqarilgandi.

2020 yilda AQSH va Tolibon imzolagan bitim Amerikaning eng uzoqqa cho‘zilgan urushiga yakun yasadi.

Maʼlum bo‘lishicha, 2013 yilda Tolibon yetakchisi Mulla Umar vafotidan keyin Barodar ikkinchi eng yuqori lavozimli qo‘mondon bo‘lib yetishgan. U ko‘p yillar jamoatchilik nazaridan chetda yurgan va Tolibon isyoni strategiyasini tuzish va guruhning harbiy qo‘mondonlarini tayinlash bilan shug‘ullangan.

Pokistonda hibsda saqlanayotgan paytida Barodar Qo‘shma Shtatlarga jangari guruhning ichki faoliyati to‘g‘risida “foydali” maʼlumot bergani xabar qilingan.

Barodar 1980 yillarda Sovet Ittifoqi askarlariga qarshi jang qilgan.

1996 yildan 2001 yilgacha cho‘zilgan Tolibon hukmronligi davrida bir qancha lavozimlarni egallagan.