Tramp AQShning eng boy odamlari aʼzosiligidan mahrum bo‘ldi

AQShning sobiq prezidenti va tadbirkor Donald Tramp so‘nggi 25 yil ichida birinchi marta Forbesjurnali tomonidan chop etilgan AQShning eng boy 400 kishisi ro‘yxatiga kira olmadi.

Maʼlum bo‘lishicha, eng boy amerikaliklar ro‘yxatiga kirish uchun unga 400 million dollar yetmagan.

Sababi ko‘chmas mulk sektoridagi boyligi 2,5 milliard dollarga baholangan Tramp pandemiya boshlanganidan buyon 600 million dollar yo‘qotgan.

2016 yilda prezidentlikka saylanganda, Tramp Forbesro‘yxatida 125-o‘rinni egallagan, prezidentligining oxirgi yilida – 2020 yilda esa 339 -o‘ringa tushib ketgan.

Bu yil Forbesreytingida birinchi o‘rinni Amazon internet-kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos egalladi, uning boyligi 201 milliard dollar, undan keyin Tesla asoschisi Ilon Mask (190,5 milliard dollar) va Facebook asoschisi Mark Sukerberg (134,5 milliard dollar). Endi Sukerbergning boyligi ham savol ostida qolmoqda).