Markaziy razvedka boshqarmasi Amerika agentlarini yo‘q qilayotgan davlatlarni maʼlum qildi

So‘nggi yillarda Markaziy razvedka boshqarmasining Rossiya, Xitoy, Eron va Pokistonda ishlaydigan o‘nlab xorijiy axborot yetkazuvchilari hibsga olingan, o‘ldirilgan yoki davlatlar “o‘zlari”ga ishga yollagan.

AQShning The NYT gazetasida maʼlum qilinishicha, o‘tgan hafta kontrazvedka xodimlari Markaziy razvedka boshqarmasining chet eldagi barcha idoralariga so‘nggi bir necha yil ichida o‘ldirilgan, hibsga olingan yoki ishga yollangan ko‘plab xorijiy informatorlar aniqlangani haqida maʼlumot yuborgan.

Gazetadagi maqolada Rossiya, Xitoy, Eron va Pokistonning to‘g‘ridan to‘g‘ri agentlari ovlanayotgani qayd etilgan, ularning baʼzilari ikkitomonlama va Markaziy razvedka boshqarmasi odamlarni yollashda ularga juda tez ishonadi va boshqa davlatlar razvedka xizmatlarining ishini yetarli darajada baholay olmaydi.

Razvedka idorasi hujjati shuni ko‘rsatadiki, ko‘p sonli xorijiy informatorlar razvedka xizmatlarining eng yangi uskunalari va texnologiyalaridan foydalangan holda jumladan biometrik skanerlash orqali qo‘lga olingan.