Rossiya va Ukraina majorasida Pokistondan ko‘ngillilar endi rasmiy ishtirok etadi

Ukrainaning Pokistondagi elchixonasi ushbu mamlakatdan ko‘ngillilar Rossiyaga qarshi urushda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tgani haqida xabar berdi.

“Rossiya bilan urushda qatnashish uchun ko‘ngillilarni ro‘yxatga olish jarayoni boshlandi, ko‘plab odamlar murojaat qildi”, — deyilgan Ukrainaning Islomoboddagi elchixonasi matbuot xizmati xabarida.

 Pokiston maxfiy xizmatlari vakillari rasmiy Kiyev tomonidan yaratilgan Rossiya bilan urushga xorijliklarni yollash saytini to‘sib qo‘yganini daʼvo qilmoqda.

Biroq Islomoboddagi ukrainalik diplomatlar buni rad etib, ishga qabul qilish sayti Pokistonda muvaffaqiyatli ishlayotganini aytishmoqda.