Eng noqulay ssenariyda Ukrainadagi urush 100 million kishining ocharchilikka olib kelishi mumkin, dedi agrar iqtisodiyot sohasidagi nemis eksperti, Bonn universiteti professori Matin Kaim Франкфуртер Аллгемеине Соннтагсзеитунг nashriga bergan intervyusida.
Olimning fikriga ko‘ra, Rossiya va Ukraina shu davrga qadar jahon bozoriga bug‘doyning uchdan bir qismini, makkajo‘xorining beshdan bir qismini yetkazib bergan.
Maʼlumot uchun: Dunyodagi eng yirik bug‘doy eksportchilari
Rossiya dunyodagi eng ko‘p bug‘doy eksport qiladi: 2020 yilda 37,3 million tonna.
Ikkinchi o‘rinni AQSH va Kanada bo‘lishdi, har biri 26,1 million tonna.
Fransiya 20 million tonnadan bir oz kamroq eksport qiladi, Ukraina 18 million tonnadan bir oz ko‘proq eksport qiladi.
Endi dunyoda oziq-ovqat narxlari o‘sishda davom etishi mumkin …