YouGov tadqiqotiga ko‘ra telekanal efirlarini asosiy isteʼmolchilari bo‘lgan katta avlod vakillarini uchdan bir qismi dasturlarni telefon, planshet yoki kompyuterda kuzatib boradilar.
Tadqiqot o‘tkazilgan 17 mamlakat orasidagi yetakchilar sifatida: Hindiston (57%), Indoneziya (47%), Xitoy (45%), BAA (40%) va Ispaniyani (37%) qayd etish mumkin. Kuzatish darajasi nisbatan kamroq davlatlar qatorida AQSH (20%), Germaniya (18%) va Buyuk Britaniya (17%) bormoqda.
Tahlilchilar Hindistonning reytingdagi o‘rnini mobil telefonlarning arzonligi bilan izohlashmoqda, bu esa o‘z o‘rnida mobil Internet isteʼmolining ko‘payishiga olib keladi. Global miqyosda ushbu tendensiya 5G texnologiyalarining rivojlanishiga va ushbu standartni qo‘llab-quvvatlovchi gadjetlarning ko‘payishiga olib kelishi mumkin deyilmoqda.
P.S. bizda esa o‘sha gap. Aholisining rasman yarmi qashshoq deya aytib kelinayotgan mamlakatda 5G texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha harakatlar olib borilmoqda.
Sizning hududda internet tezligi qanday ko‘rsatkichda?