Bayden maʼmuriyati ommaviy axborot vositalari bilan birinchi mojarosiga duch keldi

Oq uy matbuot kotibining o‘rinbosari Ti Jey Duklo (T.J.Duklo) ish haqi saqlab qolinmaydigan bir haftalik taʼtilga chiqarildi. Shuningdek, unga Politico tahririyati bilan har qanday aloqa qilish taqiqlandi.

Barchasi Duklo va Politico jurnalisti o‘rtasidagi tortishuvdan boshlandi.

Jurnalist matbuot kotibi o‘rinbosari va Bayden faoliyatini yoritib kelayotgan OAV hodimi o‘rtasidagi romantik munosabatlar haqida so‘ragani uchun matbuot kotibi o‘rinbosari unga qarata “Men seni yo‘q qilaman!” deb aytgan.