Ijtimoiy tarmoqlarda: rus va o‘zbek segmentida “vaksinatsiya pasportlari” joriy etilishi bo‘yicha fikrlar

“Immunitet pasportlari” yoki sertifikatlar, yoki shunchaki guvohnomalar mavzusi endi butun dunyoda eng dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi.

Isroil birinchi bo‘lib keskin qaror qabul qildi – vaksina olgan har bir kishiga “yashil pasport” beriladi va u olti oy davomida hech qanday cheklovlarsiz harakatlanish imkoniga ega bo‘ladi.

Rossiyada shunga o‘xshash “imkoniyatlar” eshigini ochib berishi mumkin bo‘lgan usul muhokama qilinmoqda. Biroq, shuni anglash kerakki: sertifikat biror narsani hal qilish uchun vosita bo‘lishi kerak emas.

Rus segmentidagi ijtimoiy tarmoqlarda vaksina qildirganlar uchun maxsus sertifikat berilishi va buning evaziga ularga taʼqiqlarni bekor qilinishi qattiq qoralanmoqda va quyidagi izohlar yozilmoqda: – “Bu bekor qilinmaydigan taqiqlarni boshqarish vositasidir.” – “Bu jamiyatni ajratish vositasidir.” – “Balki, siz emlanishni xohlamassiz, unda siz ro‘yxatga kira olmaysiz va masalan, chet elga sayohat qilishdan cheklanasiz chunki sizni samolyotga kiritmaydilar. Kafega borish mumkin emas.” – “Sertifikatingiz yo‘qmi unda Siz jamoatchilik uchun xavflisiz”(!) – “Isroilda nima bo‘lishi nomaʼlum, garchi u yerda ham xuddi shunday bo‘lishiga shubha yo‘q. Ammo bizning mamlakatimizda bu, albatta, ijtimoiy keskinlikning kuchayishiga olib keladi.” deyilgan.

O‘zbek segmentida esa bu mavzu endi ko‘tarildi: “O‘zbekistonda vaksinatsiya pasportlari joriy etiladimi?”

Yevropa ittifoqi Vaksinatsiya sertifikatlarini joriy etmoqchi.

Yevropa ittifoqiga aʼzo mamlkatlar raqamli vaksinatsiya sertifikatlari yoki soddaroq aytganda vaksina qilinganlik to‘g‘risidagi pasportlarni joriy etishni rejalashtirishmoqda. Pasport egalari Ittifoq hududi bo‘ylab erkin harakatlana oladilar.

Shuningdek, uchinchi mamlakatlar fuqarolari ham vaksinatsiya pasportlariga ega bo‘lgandagina, Yevropa ittifoqiga kiritilishi borasida mezonlar ishlab chiqilishi mumkin.

O‘zbekistonda reja bo‘yicha vaksinatsiyani mart oyidan boshlashmoqchi. Lekin vaksina olgan fuqarolarning pasportlashtirish haqida biron bir maʼlumotga ko‘zimiz tushamadi. Balki bir ishni ikki ish qilmay, hozirdan, vaksinatsiya boshlanmay turib bu haqda amaliy qadamlar qo‘ygan to‘g‘ri bo‘lar?