O‘zbekiston 2021 yilgi harbiy kuchlar reytingida qo‘shnilaridan yuqori joylashdi va 140 davlat ichida 51-o‘rinni egalladi.
Qozog‘iston 62-o‘rinda, Afg‘oniston 75-o‘rinda, Turkmaniston – 86, Qirg‘iziston – 93, Tojikiston – 99-o‘rinda. Reyting yetakchilari AQSH, Rossiya va Xitoy. Butan, Kosovo va Liberiya reytingning quyi qismidan joy oldi.
Global Firepower reytingi armiya hajmi, tanklar, kemalar, samolyotlar va boshqa harbiy texnika sonidan tashqari 50 dan ortiq turli ko‘rsatkichlarni eʼtiborga olgan holda tuziladi. Tashkilot harbiy sohani moliyalashtirish darajasi, mamlakatning transport infratuzilmasi, neft mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatlari va jangovar samaradorlikka taʼsir qiluvchi boshqa omillarni kuzatib boradi.
Yadro salohiyati baholanmaydi.