Yaqin Sharqdagi manfaatlar to‘qnashuvi. Yangi “o‘yinchilar”

Jo Bayden boshchiligidagi AQSh hukumatining Yaqin Sharq mamlakatlari bilan hamkorligi sustlashyotgan bir vaqtda Xitoy hukumati (Yaqin Sharq )mintaqadagi barqarorlik uchun besh tashabbusni taklif qildi. Ular orasida milliy manfaatlarni hurmat qilish, ulkan sarmoyalar, Arab-Isroil muammosi yechimi va yadro qurolini tarqatmaslik kabi yo‘nalishlar kiritilgan.

Shunga qaramay, XXRning Yaqin Sharqdagi mavjudligi amalda to‘xtab qolgan. Bunga Xitoy va Eron o‘rtasida tezyurar temir yo‘llar bo‘yicha yirik bitimlar muddatlari kechiktirilganligi sabab bo‘lishi mumkin.

«Yaqin Sharqning ichki madaniy-gumanitar tarkibi Xitoyning siyosiy kelishiga qarshilik ko‘rsatmoqda. Bu vaziyatdan Moskva foydalanib qolishi mumkin. Ammo Hindiston yoki baʼzi Yevropa davlatlari ham jim turmasliklari aniq va buni unutmaslik kerak».

Soha ekspertlarining fikriga ko‘ra, ko‘p narsa Rossiyaning faol pozitsiyasiga bog‘liq. “Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, xitoyliklar mintaqadagi faoliyatini (Yaqin Sharq) Moskvaning siyosiy va gumanitar o‘rnisiz amalga oshira olmaydi.”

Xitoy o‘nlab yillar davomida butun mintaqa uchun asosiy iqtisodiy sherik bo‘lib kelgan. Xitoy mintaqa mamlakatlari uchun asosiy eksport yo‘nalishi, eng muhim sarmoyalar manbai, texnologik sohadagi va boshqa yo‘nalishlarda sherik hisoblanadi.

Bir haqiqatni unutmaslik kerak, Rossiya mintaqada Suriya va yaqindan boshlab Sudanda ham harbiy-siyosiy va texnologik hamkorlik olib bormoqda. Biroq, Xitoy bilan taqqoslaganda, Yaqin Sharq iqtisodiyotida Rossiyaning roli sezilarli darajada kam. Bundan tashqari, Rossiya Yaqin Sharq mamlakatlari bilan hamkorlikda nomutanosiblikka ega. Ushbu hamkorlik baʼzi davlatlar bilan rivojlanib bormoqda, ammo boshqalar bilan esa umuman rivojlanmagan.

Shu bilan birga, baʼzi mutaxassislarning fikricha, Xitoy tashabbusi konkret emas deb hisoblaydi. “AQSh, Rossiya yoki Turkiyadan farqli o‘laroq, Xitoyning Yaqin Sharqdagi aniq ifoda etilgan manfaatlari ko‘rinmayapti.”

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, Xitoy hukumatining asosiy ustuvor yo‘nalishi Afrika davlatlari hisoblanadi. Rossiya manfaatlari nuqtai nazaridan esa “Pekinning Markaziy Osiyoda aniq iqtisodiy kengayishi” ancha xavfli hisoblanadi. AQSh esa oxir oqibat Yaqin Sharq ustidan yana “hukumronligini” qaytarib oladi. Biroq bu maylonga Turkiya ham ko‘z tikib turganini unutmaslik kerak.