Amaldagi prezident Sadir Japarov super prezidentlik hokimiyatini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Uning tashabbusini mamlakatning 36 foizdan sal ko‘prog‘i qatnashgan saylov ishtirokchilarining 80 foizi qo‘llab-quvvatladi.
Endi prezident har biri 5 yillik bo‘lgan ikki muddatga saylanishi mumkin (hozirgi kabi bir marotaba 6 yillik muddat emas). Unga hukumat rahbari va barcha vazirlarni tayinlash va lavozimidan ozod etish huquqi berildi. Parlament deputatlari soni 120 dan 90 tagacha kamaydi, deputatlarning o‘zlari esa hukumatga ishonchsizlik bildirish huquqidan mahrum qilindi (qanday yaxshi).
Yana bir yangilik – bu hozirgi hukumatning qadamlarini qonuniylashtirish va unga kerakli PR uslubini berish uchun ishlab chiqilgan maslahat kengashi – Xalq Qurultoyi.
Mamlakatdagi parlament saylovlari shu yilning kuzida bo‘lib o‘tishi mumkin va Japarov hokimiyatining umumiy ko‘rinishi ancha barqaror. Olti oy davomida mamlakat rahbariyati o‘z klanini kuchaytirdi, lekin haligacha janubliklar bilan mavjud vaziyat saqlanib turibti.
Hozir hukumat ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va boshqaruv sifatini oshirishga e’tibor qaratgan. Japarovning samarali ijtimoiy va iqtisodiy siyosati uning ishonch reytingini oshirish va umuman vaziyatni barqarorlashtirishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, u ishonchni tiklay oladimi? Amaldagi investisiya loyihalari bilan bog‘liq vaziyat to‘liq barqarorlashgunga qadar Qirg‘izistonda yangi investorlarning paydo bo‘lishi ehtimoli kam.
Japarovning oppoziya vakilidan mamlakat yetakchisiga aylangunga qadar yondashuvlari evolyusiyasini uning tog‘-kon sanoatidagi xorijiy kapital ishtirokidagi investisiya loyihalari bilan ishlashida ko‘rish mumkin. Endi u davlatga investisiya jalb qilish masalasini davlat arbobi sifatida ko‘rib chiqmoqda. Biroq, respublikada vaziyat juda og‘ir.
Qumtor va Jerem (Qirg‘izistondagi eng yirik 2 ta oltin konlari) bilan bog‘liq bo‘lganidek, qimmatbaho metallarni qazib olish va sanoatni rivojlantirish uchun yerlarni tortib olish hozirgi iqtisodiyotning tabiati va mahalliy aholining odatiy turmush tarzida biroz qiyin hisoblanadi.
Endilikda vaziyatni barqarorlashtirish uchun prezident odamlarni tinchlantirish va o‘zaro ta’sir o‘tkazish mexanizmlarini izlashi kerak bo‘ladi. Eng yaxshi yo‘l bu ishlarga mahalliy aholining maksimal darajada jalb qilinishi. Bu mahalliy byudjetlarga soliq to‘lovlarini ta’sir qilishidir, shunda odamlar o‘z hududida iqtisodiy ob’ekt mavjudligini o‘zlarining farovonligi bilan bog‘liqligini bevosita sezadilar. Yaratilgan ish o‘rinlaridan tashqari, bu bag‘cha, maktab. Yo‘llar va hk paylo bo‘lishidir.
Hozircha bir narsani aniq aytish mumkin – Mazkur invest loyihalarni to‘liq barqarorlashuvi cho‘ziladi, yangi investisiyalarni jalb qilish bo‘yicha jiddiy o‘zgarishlarni kutish kerak.