Koronovirusni davolashni ajoyib usuli

Kecha Qirg‘iziston prezidenti mamlakatda COVIDni agar u dastlabki bosqichda bo‘lsa 2-3 kun ichida davolashni o‘rganishganligini qayd etdi.

“Hozir respublikaning barcha shifoxonalarida bemorlarni Issiqko‘l ildizi bilan davolashmoqda”, – dedi Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari. Bemorga damlama miqdorini Sadir Japarovning o‘zi belgilaydi, ular damlamani birgalikda tayyorlashadi, deya qo‘shimcha qildi vazir.

Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari aytgan gaplarini isbotsiz qoldirmaslik maqsadida, damlamani efir vaqtidayoq ichdi.

Ma’lumot uchun: Issiqko‘l ildizi zaharli o‘simlik hisoblanadi. Tajribali shifokorlar ushbu davolash usulini tavsiya etmaydilar.

P.S.COVIDdan davolanishning ajoyib takliflar berib kelayotgan Arkadag‘ bir o‘zi emasligiga amin bo‘lib turibmiz.