Jamoatchilikka taʼsir o‘tkazishdagi eng sodda usullar

Birlamchi effekt:“Kim birinchi aytgan bo‘lsa, u haq”. Inson axborotni qabul qilishda birlamchi (birinchi marta eshitilgan) maʼlumotni haqiqat deb qabul qiladi va kam sonli odamlar ikkilamchi maʼlumotlarga eʼtibor berishadi, garchi ular 100% haqiqat bo‘lsada va avval eʼlon qilingan xodisalarga zid bo‘lsa ham. Shuning uchun ham jamoatchilik oldida tezroq axborot berish va targ‘ibot mashinasi har doim samaraliroq ishlatish kutilgan ijobiy natija olib keladi.

Qayta takrorlash:Targ‘ibotchilar intellektual darajasi yuqori bo‘lmagan auditoriya uchun yaratilgan soddalashtirilgan matndan foydalanadilar (bu dunyoning istalgan mamlakatlarida doimo ko‘pchilikni tashkil qiladi) va uni shu qadar ko‘p takrorlaydilarki, maʼlumotlar odamlarning ongida saqlanib qoladi va ular uchun haqiqatga aylanadi. (alohida axborot telekanallarning yangiliklarni har 10 daqiqada qaytadan takrorlanib turishini kuzatish mumkin yevronyus, rossiya-24 kabi, tayyorlangan tahliliy materiallar esa jamoatchilikka har 5-7 kunda qaytadan beriladi.) “Ming marta takrorlangan yolg‘on haqiqatga aylanadi” degan tushunchani unutmaslik kerak.

Yarim haqiqat: Bunday “aralashtirish” tez-tez yangiliklar yoki xabarlarning boshida beriladi.  Materialning 90 foiziga bitta yoki ikkita haqiqatli faktlar qo‘shiladi va tashviqot tayyor bo‘ladi.

Insayder: Bu uslubdan ko‘proq jamoatchilik orasida siyosiy liderlarning ijobiy imidjini yaratishda foydalaniladi.Oddiy xalq orasiga kirish qishloq hududlarida ko‘proq ko‘rinish berish fuqarolar bilan birga kasalxonalarga tashrif buyurish, jamoat joylarida tushlik qilish va hk. Bu bilan, xalq dardini tushunadigan va muammolariga yechim topishda ko‘mak ko‘rsata olishiga jamoatchilikni ishontiriladi.  

Reytinglar: Ko‘pincha, targ‘ibotchilar odamlarning fikrlarini soxta reytinglar bilan boshqaradilar. Bunday maʼlumotni olgan odamlar, ushbu “virtual” ko‘pchilikning fikriga qo‘shilishadi. Xorij tajribasida eng ko‘p qo‘llaniladigan uslub bo‘lib, uchinchi davlatlar hukumati tizimiga ham o‘zlarida tashkil etilgan tadqiqot markazlaridagi monitoring guruhlari tomonidan olib boriladigan kuzatuvlar-tahlillar orqali baholab borishi va bu orqali jamoatchilik fikrni o‘zgartirishi kuzatiladi.

Qayta aloqa prinsiplari: Avvaldan kelishilgan “kutilmagan” savollar beriladi siyosiy liderlar unga risoladagidek javob berib, yechim ham taklif etadi. Umuman olganda, odamlar bilan aloqa qilish illuziyasi yaratiladi.(manfaatli shaffoflik va ochiqlik)

Katta yolg‘onlar: Oddiy omma kichik yolg‘onlarga qaraganda katta dahshatli yolg‘onga ishonishga moyil bo‘ladi. To‘g‘ri, bunday yolg‘on uzoq vaqt saqlanib qolmaydi, ayniqsa, bugungi kunda axborot asrida. Ammo qisqa vaqt ichida u jamiyatni kerakli tomonga og‘dirish va birlashtirishga qodir kuch bo‘la oladi.

Tarixni qayta yozish:Tarix g‘oliblar tomonidan yozilishi maʼlum. Bundan tashqari, ular buni o‘zlarining maqsadlari uchun alohida ijtimoiy qatlamlar uchun amalga oshiradi.

“40 dan 60 gacha” usuli: Bu shundan iboratki, baʼzi ommaviy axborot vositalari voqealarni ozmi-ko‘p haqiqat bilan yoritadi, so‘ngra odamlar ishonchini qozonib, o‘ziga kerakli maʼlumotlarni maʼqul kelgan rakursda efirga uzatishni boshlaydi. Bu belgilangan vaqtlarda amalga oshiriladi. Odamlar odatdagidek manbaga ishonadi, uning allaqachon “zaharlangani”ni sezmaydilar.

Sharhlar (1): Har bir kishi tarmoqda ishlaydigan targ‘ibot mashinasining pullik “trollariga” duch kelgan va ko‘p sonli izohlari bilan ular jamoatchilik fikrini kerakli yo‘nalishga yo‘naltiradilar: ular odamlar bilan “gaplashib”, avvaldan belgilab berilgan tomon izohlarni burib yuboradi.

Ko‘pincha, yuqoridagi usullar “birma-bir qo‘llanilmaydi” effektni kuchaytirish uchun kombinatsiyalarda qo‘llaniladi.

Hozirda bunday ko‘plab usullar mavjud agar sizga material maʼqul kelgan bo‘lsa, bizda izohlarda qoldiring, yana ko‘plab faktlarni tayyorlab eʼtiboringizga havola etamiz.