Turkmaniston Yaponiya bilan gaz kimyosi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

24 iyun kuni Bosh vazir o‘rinbosari Serdar Berdimuhamedov Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat davlat vaziri Kiyoshi Ejima bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar beradi Turkmaniston tashqi ishlar vazirligi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar va siyosiy, savdo-iqtisodiy sohalardagi hamkorlik, madaniy-gumanitar yo‘nalishdagi o‘zaro aloqalar muhokama qilingan bo‘lib,  investitsiya va gaz kimyosi sohasida Yaponiya bilan sheriklik, shuningdek sanoat texnologiyalari ishlab chiqaruvchilari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishilgan.

 Bundan tashqari, rasmiylar Yaponiyaning JBIC banki va Sumitomo, Itochu Corporation va boshqalar korporatsiyalari bilan kelgusida hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Eslatib o‘tamiz, 31 may kuni Serdar Berdimuhamedov Yaponiya tomonidan Turkmaniston-Yaponiya iqtisodiy hamkorlik qo‘mitasi raisi, Itochu Corporation  boshqaruvchi direktori Xiroyuki Tsubay bilan onlayn uchrashuv o‘tkazgan edi.

Aynan mana shu kompaniya katta miqdorda yer osti tabiiy boyliklarni sotib olish bilan ham shug‘ullanadi.