O‘zbekistonliklar baxtlimi yohud MDH mamlakatlarining 2021 yil reytingi

2021 yilda aholining baxt darajasi bo‘yicha dunyo mamlakatlari reytingini Finlyandiya, Daniya va Shveysariya boshqarib kelmoqda. O‘zbekiston va MDH mamlakatlari mazkur ro‘yhatda qayerda?

BMT ekspertlari “The World Happiness Report”ning yangi hisobotida dunyo mamlakatlarining “baxt indeksi” bo‘yicha reytingini eʼlon qildilar. Kolumbiya universitetida faoliyat olib boruvchi “Yer instituti” tadqiqot markazi 2012 yildan beri shunga o‘xshash hisobotlarni tayyorlab keladi.

Mazkur hisobotlar dunyo rahbarlari va jamoat arboblariga insonlarning talablariga yaxshiroq javob berish va ularning farovonligini yaxshilash uchun yana-da samarali ishlashga yordam beradi, deb ishoniladi.

“Baxt indeksi” qanday hisoblanadi?

Reyting tuzishda hisobga olinadigan statistik ko‘rsatkichlar:

  • • aholi jon boshiga YAIM darajasi;
  • • xayot davomiyligi;
  • • ish xavfsizligi;
  • • korrupsiya darajasi.

Bundan tashqari, hisobga olinadigan ko‘rsatkichlar:

  • • fuqaro erkinliklarining mavjudligi,
  • • xavfsizlik hissi va kelajakka ishonch,
  • • oila barqarorligi.

Reyting mualliflari, shuningdek, jamiyat holatining bilvosita ko‘rsatkichlarini baholashga harakat qiladilar

  • • ishonch darajasi;
  • • mehr;
  • • saxiylik.

Dunyo mamlakatlarining “baxt darajasi” bo‘yicha reytingini o‘ziga xos xususiyati shundaki, uni tuzishda jamoatchilik fikrini o‘rganish natijalari muhim rol o‘ynaydi. Mazkur o‘rganishlar Ular Gallup xalqaro tadqiqot markazi (Gallup International).  Tomonidan o‘tkaziladi. Turli mamlakatlar aholisidan baxtli bo‘lish tuyg‘usini maxsus shkala bo‘yicha baholash so‘raladi.

Odamlar kecha tabassum qildilarmi yoki kulishdimi, so‘nggi paytlarda hayotdan zavq oldilarmi, salbiy his -tuyg‘ulari bormi (g‘azab, tashvish, qayg‘u) va boshqa savollarga javob beradilar.

Turli mamlakatlardagi odamlar farovonligini subyektiv baholari reyting mezonlarining asosiy qismini tashkil qiladi. Obyektivlik uchun uch yillik o‘rtacha so‘rov natijalari hisoblanadi.

O‘zbekistonning 2021 yilgi baxt darajasi bo‘yicha dunyo mamlakatlari reytingida tutgan o‘rni.

Reytingda O‘zbekiston, o‘rta qatorda lekin birinchi elliktalikda, – 42 – o‘rin. Mamlakatimizning qo‘shnilari – Panama (41 -o‘rin) va Chili (43 -o‘rin).

O‘zbekiston va reyting yetakchisi – Finlyandiya parametrlarini solishtirish qiziq. Ular sizga “baxt indeksi” bo‘yicha O‘zbekiston g‘olibdan qancha orqada ekanligini tushunishga yordam beradi.

Finlyandiya: 7,842 ball.

O‘zbekiston: 6,179 ball.

Farqi: 1.663 ball.