Tolibonga olti oy muhlat berilgan

VSJ: Afg‘onistonning yangi Tolibon hukumati hali ish o‘rinlari yaratish yoki qashshoqlikka tushib qolgan aholini qo‘llab-quvvatlash rejasini ishlab chiqmagan. Afg‘on fermerlarining maʼlum qilishicha, iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli g‘azab notinchlikka aylanishi mumkin. “Biz olti oy kutamiz. Agar vaziyat yaxshilanmasa, biz Tolibonga qarshi chiqamiz”,-deydi Muhammad Kobul g‘arbidagi Vardak viloyatidagi qurg‘oqli tekislik Dasht-Topdan 45 yoshli fermer.