AQSh rossiyalik xakerlarni mustaqil ravishda bartaraf etishini eʼlon qildi

Qo‘shma Shtatlar rossiyalik xakerlarning harakatlarini mustaqil ravishda bartaraf etishini eʼlon qildi.

Agar Rossiya o‘z hududidan kiberjinoyatlarni sodir etgan xakerlar harakatlarini to‘xtata olmasa, Qo‘shma Shtatlar o‘z mablag‘lari xisobidan amalga oshishirishga tayyor, dedi AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan.

Amalda bu amerikalik mutaxassislarning Rossiya hududidagi xakerlarni aniqlash imkoniyati mavjudligini anglatadi.

“Xakerni ushlash uchun provayderlar, Ichki ishlar vazirligi, FSB va boshqalarning vakolatiga kiradigan texnologiyalarga kirish kerak”, – deydi soha mutaxassisi.

AQSh MXA tomonidan kuzatilganligi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni ochiqlagan Edvard Snouden haqidagi voqeani eslang. “Maʼlum bo‘lishicha, Qo‘shma Shtatlar har bir inson haqida juda ko‘p maʼlumot to‘playdi. Bundan tashqari, har bir smartfonda egasi haqida hamma narsani to‘playdigan dastur mavjudligini”, – qo‘shimcha qildi manba.

Soha mutaxassislari xakerlar biron bir texnikaga “kirganda” qayta tezda “kirish” uchun maʼlum bo‘shliqlarni qoldirib ketayotganini payqashgan.

Maʼlumot uchun: Snouden tomonidan yuqorida aytilgan kuzatuv haqidagi barcha maʼlumotlarni flesh-diskiga yuklagan, keyin uni Rubik kubiga yashirgan va qo‘riqchiga o‘ynash uchun bergan. Ushbu aqlli harakat unga maʼlumotlarni olib chiqib ketishiga imkon bergan edi.