Tolibonga bog‘liq prognozlar noto‘g‘ri baholangan…

Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha vakili Zamir Kabulov “Tolibon”ga qarshi qarshilik ko‘rsatish istiqbollarini yetarlicha baholamaganini va “Tolibon”ning terrorchilikka qarshi salohiyatini ortiqcha baholaganini tan oldi.

Bugun TASSga bergan intervyusida Kabulov afsus bilan (!) 2022 yil bahorida Afg‘onistonda Tolibonga nisbatan kuchli qarshilik paydo bo‘lishi mumkinligini tan oldi.

Bundan bir oy oldin, 2021 yil dekabr oyi oxirida, Sputnik muxbiriga bergan intervyusida Kabulov Ahmad Masʼud boshchiligidagi Afg‘oniston fronti harkatlarini “virtual” Milliy qarshilik deb aytgan edi.

Shunday qilib, Kremlning afg‘on siyosati “meʼmori” bugungi Afg‘onistondagi real jarayonlarni tushunmasligini va bir oy davomida ham ozmi-ko‘pmi to‘g‘ri prognoz bera olmasligini oshkora tan oldi.

Kabulovning TASSga bergan intervyusida Tolibonning aksilterror salohiyati pasayganini tan olishi ham hayratlanarli bo‘ldi. Ilgari Kabulov Kremlni va boshqa jamoatchilikni Tolibon ISHIDga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borishiga ishontirishdan charchamasdi.

Va bu bashorat amalga oshmadi. Yangilarini kuzatamiz…