Tolibon o‘zining Guantanamo qamoqxonasini yaratishga intilmoqda

Maʼlum qilinishicha, Tolibonlar tomonidan Afg‘onistonda 40 ga yaqin noqonuniy qamoqxonalar yaratgan bo‘lib, ularda amaldagi hukumatga muxoliflar yoki “terrorchilar” ommaga taʼsir qilmasligi uchun ularni izolyatsiya qilish zarur deb hisoblanganlar yashirincha saqlanadi.

“Aslida, Tolibon 2000 yillarda AQSHdan tashqarida Markaziy razvedka boshqarmasi qamoqxonalariga o‘xshash o‘nlab qamoqxonalar yaratgan edi” deb yozmoqda juralist A.Serenko. Manbalar bunday Tolibon qamoqxonalarida mahbuslarning qiynoqlar va o‘ldirilishi haqida xabar berib kelmoqda.

Serenko: “Bunday qamoqxonalarda saqalanayotgan mahbuslar mutlaqo barcha huquqlardan mahrum. Mazkur qamoqxonalarning kamida bir qismini tashkil etishda Pokiston maxfiy xizmatlari ishtirok etgan, deyishga asos bor”.