G‘arb sivilizatsiyasidan qariyb olti yuz yil avval bolalar huquqi to‘la-to‘kis o‘rganilib hayotga tadbiq etilgan mazkur asar XIII asrda Movarounnahr – bugungi O‘zbekisonda yozilgan. Ushbu asar bola huquqlari masalasiga tamal toshini qo‘ydi.
Islom sivilizatsiyasi markazi islom huquqshunosi, buyuk vatandoshimiz Muhammad ibn Mahmud Ustrushaniyning “Jomiʼ ahkom as-sig‘or” – “Bola huquqlari kodeksi”ni o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Ushbu asar islom dinining bolalar;
Hususan yetim bolalar huquqlari;
Bolalik va otalikni belgilash;
Bola tarbiyasi, ayniqsa, uni go‘daklik davridan asrab-avaylash va tarbiyalash;
Bolaning o‘z oilasi va jamiyat uchun foydali inson bo‘lib yetishishi;
Hamda uning ota-onasi oldidagi burch va majburiyatlari masalalariga alohida ahamiyat berganini ko‘rsatadi.