Poytaxtimizda Toshkent shahar hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida mukofot jamg’armasi 300 mln so’mni tashkil etadigan yirik turnir bo’lib o’tmoqda.

Musobaqada 15 ta davlatdan 400 nafarga yaqin shaxmatchilar tashrif buyurgan. Turnir shaxmatning standart va blits yo’nalishlarida o’tkazilmoqda. Nufuzli turnirda shaxmatchilar FIDE reytingidagi ochkolariga qarab guruhlarga bo’lingan.