Tolibon tomonidan eʼlon qilingan vaqtinchalik qonun bo‘yicha o‘zbek tili mamlakatda rasmiy maqomida emas.
“Tolibon” harakati o‘zbek tilini Afg‘onistondagi rasmiy til maqomidan mahrum etuvchi vaqtinchalik qonun chiqargan. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Asoslar” nomli qonunga ko‘ra, mamlakatda faqat pushtu va dari davlat tili bo‘lib qolmoqda, yagona rasmiy din sifatida sunniy islom hanafiy mazhabining eʼtirof etiladi. Shu bilan birga, mamlakatda hali ham katta shia jamiyati borligi, shimoliy viloyatlarda o‘zbek tilida so‘zlashadigan ko‘plab insonlar yashashi qayd etilgan.
Qonun, shuningdek, Afg‘onistonda islom huquqshunoslari kengashi va har bir mintaqadan siyosatchilar, olimlar va ruhoniylar kiradigan oliy kengash tuzishni nazarda tutadi. Kengash ijroiya hokimiyati rahbari – fuqarolar va oliy kengash aʼzolari tomonidan saylanadigan prezident bo‘ladi.
Bundan tashqari, hujjat Afg‘oniston Milliy Assambleyasi vakillarini deputatlik daxlsizligidan mahrum qiladi va inglizlar, ruslar va amerikaliklardan Mustaqillik kunini bayram sifatida belgilaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Yusup Kobuljonov Tolibon o‘zbek hukumatiga Afg‘onistonda o‘zbek tilining rasmiy maqomini saqlab qolishga kafolati va mamlakatda uning o‘rganilishi va rivojlanishiga ko‘maklashishga vaʼda berganini aytgandi.
Tashqi ishlar vazirligida bu haqda nima deydilar?