Jamoatchilik eʼtirozlariga sabab bo‘ldi. Masalan, Lavrov Rossiyada terrorchi deb tan olingan harakat bilan qanday yuzma-yuz muzokaralar olib borishi mumkin?
“Bu borada AQSH nafaqat Tolibonni terrorchi deb hisobladi, balki ular bilan jang ham qildi, lekin bularning barchasi rasmiy Vashingtonning Qatar poytaxti Dohada Tolibon delegatsiyasi bilan muzokara o‘tkazishiga to‘sqinlik qilmadi” deyilmoqda xabarda.
Ayni vaqtda Moskva tomonidan Tolibonga beshta talab qo‘yilmoqda. Ulardan ikkitasi rasmiy (inson huquqlari va inklyuziv hokimiyat) – lekin qolgan uchtasi juda shoshilinch amalga oshirilishi kerak.
1) Islomizmning Markaziy Osiyoga sizib kirish muammosi, u yerdan muhojirlar orqali Rossiyaga yetib kelishi xavfi mavjudligi;
2) Tolibonning mavjud har xil jihodiy tuzilmalarni tozalash zarurati;
3) “Qora oqim”ni to‘xtatish, yaʼni Afg‘onistondan afyun va geroin eksporti.
Yuqorida sanab o‘tilgan fikrlar Rossiya milliy manfaatlari ro‘yxatiga aniq kiritilgan. Shuning uchun Afg‘onistonni boshqarayotgan Tolibon bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaga ehtiyoj borligi taʼkidlangan.