BioNTechasoschilaridan biri, professor Ug‘ur Shahinning aytishicha, uning saratonga qarshi vaksina ustidagi ishlari yakuniga yetmoqda.
Turli xil saraton turlariga qarshi vaksina ustida olib borilayotgan klinik ishlar ijobiy natijalar bermoqda, dedi Shahin.
Baʼzi bemorlarda shishlar hajmining pasayishi kuzatilgan. Vaksinalarning to‘g‘ri kombinatsiyasi bilan qattiq o‘smalarni zararsizlantirish mumkin bo‘ladi, dedi olim.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqotchilar o‘z oldilariga nafaqat saraton xastaliklarining hajmini kamaytirish, balki ularning doimiy qisqarishiga ham erishishni maqsad qilib qo‘ygan. Shahin muolaja ishonchli ekanini atadi va erishilgan yutuqlarni “samarali” deb aytdi.