Yevroparlament Turkiyaga 170 million dollar ajratadi

Yevroparlament Turkiyadagi suriyalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 170 million dollar ajratadi.

Yevroparlament Turkiyadagi himoyaga muhtoj suriyalik qochqinlar uchun naqd yordam dasturini uzaytirishni maʼqulladi. 588 ovoz, 87 qarshi va 14 betaraf ovoz bilan Yevropa Ittifoqi 2021 yilgi byudjetiga Turkiyadagi suriyalik qochqinlar uchun qo‘shimcha moliyalashtirish uchun 149,6 million yevro (170 million dollar) ajratilgan tuzatishni maʼqulladi.

Moliyaviy ko‘mak blokning ko‘p maqsadli pul yordami sxemasini kengaytiradi, bu esa eng zaif qochqinlarga ijara, to‘lovlar, oziq-ovqat va dori-darmonlarga bo‘lgan asosiy ehtiyojlarni qoplash uchun oylik to‘lovlarni taʼminlaydi.

Turkiyada fuqarolar urushidan qochgan 4 millionga yaqin Suriyalik qochqinlar saqlanayotgani aytilmoqda.