Vodorod gazining istiqbollari

Bloomberg prognozlariga ko‘ra, 2045 yilga kelib butun jahon  energetikasida vodorod yoqilg‘isining ulushi 24 foizga yetadi. Vodorod narxi  tabiiy  gazning  bugungi  narxigacha pasayishi kutilmoqda. Vodorod sohasiga kiritiladigan investitsiyalar miqdori 11 trillion AQSH dollariga yetadi. Vodorod savdosining yillik hajmi 700  milliard AQSH dollarini  tashkil etadi. 

Qayd etish lozimki, yurtimizda quyosh va shamol energetikasi loyihalarini amalga oshirish talab etiladi va 2030 yilga kelib, ishlab chiqiladigan elektr energiyasining umumiy hajmidagi qayta tiklanuvchi  energetikaning ulushini 13,8 foizga yetkazish belgilangan. Quyosh va shamol energiyasining asosiy kamchiligi – bu uning o‘zgaruvchanligi, yaʼni shamol to‘xtaganida yoki kun botganida energiya ishlab chiqarilishi keskin to‘xtaydi va energetika tizimda ushbu kamaygan miqdorni boshqa manbadan tezkor qoplash zarurati yuzaga keladi. Ushbu manba sifatida vodorod gazining  istiqbollari yuqori baholanmoqda.