Afg‘oniston:“Bizning har bir tashkilot va idorada agentlarimiz bor edi”

624 yildagi Badr jangi nomi bilan atalgan Badri qo‘shinlari bir nechta kichik guruhlarni o‘z ichiga oladi. Ulardan eng mashhuri Badri 313 maxsus operatsiyalar bo‘limi bo‘lib, uning askarlari Kobulning qulashida xizmat qilgan. 

“Bizning har bir tashkilot va idorada agentlarimiz bor edi”, – deya maʼlum qildi Tolibonning yuqori martabali rahbari Mavlaviy Muhammad Salim Saad. “Kobulda biz mavjud bo‘lgan bo‘linmalarning strategik obyektlarini nazoratga olib bo‘lgan edik”.

🔹 Janob Saadning odamlari “Tolibon”ning bir qismi bo‘lgan “Haqqoniy” tarmog‘ining “Badri” kuchlariga tegishli bo‘lib, AQSH “Al-Qoida” bilan aloqasi tufayli terrorchi tashkilot deb hisoblaydi. Saadning  aytishicha hozir o‘zi nazorat qilayotgan Kobul aeroporti xavfsizlik qo‘mondonlik markazida ularga tegishli odamlar bo‘lgan, “Hatto bugun men egallab turgan ofisda ham odamlarimiz bor edi”, dedi.

🔹 15 avgust kuni Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Kobuldan qochib ketganidan so‘ng aynan shu odamlar poytaxtni egallab olishgan, Tolibonning oddiy kuchlari esa tashqarida qolgan.

🔹 Badri otryadining o‘rta darajadagi qo‘mondoni Muhammad Rahim Umari o‘sha kuni harbiy xizmatga chaqirilgunga qadar Kobuldagi oilasining benzin biznesida yashirincha ishlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u va yana 12 kishi shahar sharqidagi afg‘on razvedka bazasiga jo‘natilgan va u yerda navbatchilarni qurolsizlantirib, kompyuter va fayllarni yo‘q qilishiga yo‘l qo‘ymagan.

🔹 Boshqa yacheykalar boshqa hukumat va harbiy nishonlarni qo‘lga kiritish uchun joylashtirilgan va Qobul aeroportiga yetib borishgan, u yerda AQSH katta evakuatsiya ishlarini olib borayotgan bo‘lgan. Ertalab qishloqdan toliblarning yaxshi qurollangan askarlari yetib kelguniga qadar ular aeroport atrofini nazorat ostiga olishgan. Bir agent mulla Rahim hatto Afg‘oniston Arxeologiya instituti va uning xazinalarini bo‘lajak qaroqchilardan himoya qilish uchun yuborilgan.

Ularning muvaffaqiyati Haqqoniyning umumiy Tolibon harakatidagi taʼsirini kuchaytirishga yordam bergan. Badri 2012 yilda Pokistonda AQSH uchuvchisiz uchoqlari hujumida halok bo‘lgan Badruddin Haqqoniy tomonidan asos solingan.

🔹 Badrining otryadi endi yangi ichki ishlar vaziri sifatida Afg‘oniston ichki xavfsizligi uchun masʼul bo‘lgan akasi Sirojuddin Haqqoniyning yagona qo‘mondonligi ostida.