Amerikaning Amazon kompaniyasi elektron tijorat bozoridagi o‘z taʼsirini raqobatchilar zarariga suiisteʼmol qilgani uchun 1,12 milliard yevro miqdorida jarimaga tortildi, deyiladi Italiyaning Monopoliyaga qarshi agentligi yozma bayonotida.
Amazon Yevropa Ittifoqi qoidalarini buzgani va Italiyada logistika tarmog‘idan raqobatchilar zarariga foydalangani uchun jarimaga tortildi.
Amazon, o‘z navbatida, bu qarorga qarshi chiqdi. Kompaniya bayonotida jarimaning “adolatsiz va nomutanosib” ekanligini va qaror ustidan shikoyat qilinishini taʼkidladi.
Italiya Monopoliyaga qarshi qo‘mitasi allaqachon Amazon va Appleni raqobat va monopoliya qoidalarini buzganliklari uchun jarimaga tortdi, Amazonga 68,7 million yevro, Applega esa 134,5 million yevro miqdorida jarima belgilangan.