Saudiya Arabistoni musulmonlarga virtual reallik texnologiyasidan foydalangan holda Kaʼbaning qora toshiga teginish imkonini beruvchi dasturni ishga tushirdi.
Saudiya Arabistonida musulmonlarga virtual reallik texnologiyasi yordamida Kaʼbaning Qora toshiga tegishiga imkon beruvchi dastur ishga tushdi, deb yozadi Middle East Eye nashri.
Virtual Virtual Black Stone sizni uyingizdan chiqmasdan musulmonlar uchun muqaddas joyga olib borish imkonini beradi.
Makka shahridagi Masjid imom-xatibi Shayx Abdul Rahmon Al-Sudays o‘tgan hafta birinchi bo‘lib virtual reallik ko‘zoynaklarini taqib, yangi texnologiyani sinab ko‘rdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistonida buyuk diniy va tarixiy obidalar bor, ularni raqamlashtirish va eng so‘nggi texnologiyalar yordamida barchaga yetkazish kerak.
Abdul Rahmon Al-Sudays ko‘rish, eshitish, teginish va hatto hid kabi imkon qadar ko‘proq hislar uchun virtual simulyatsiya muhitini yaratish muhimligini taʼkidladi. Virtual “qora tosh” programmasi musulmonlarga Makkaga ziyorat qilishdan oldin ham, hajda musulmonlar boshdan kechirgan his-tuyg‘ularni his qilishlariga imkon beradi.