O‘zbekiston gaz eksportini to‘xtatdi

Harqalay, Energetika vazirligi Rossiyaning “Interfaks” agentligiga shunday tarzda bayonot joylashtirgan.

Ochiqlanishicha, gaz eksportining to‘xatilishi ichki isteʼmoldagi mavsumiy maksimumlarni qoplash uchun amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, 2022 yilda Rosssiyaga gaz eksporti rejalashtirilmaganligi maʼlum qilingan (o‘zi 2020 yildan buyon Rossiyaga gaz eksporti to‘liq to‘xtagan, Shimolga qarab yo‘nalgan magistral trubalar Turkmanistondan gaz importi uchun ishlatilmoqda).

Rasmiy statistikaga ko‘ra, O‘zbekiston 2021 yilning 11 oyida qariyb 685 million dollarlik gaz eksportini amalga oshirgan.

Gaz eksportining to‘xtatilishi to‘g‘risidagi bayonotlar Qozog‘istonda gaz narxi oshishi bilan bog‘liq noroziliklar fonida yangrayotganiga eʼtibor qaratmaslik mumkin emas.

Demak, O‘zbekiston shahar va qishloqlarida yaqin oylarda biznes va aholi uchun gaz taʼminoti nisbatan yaxshilanishini kutsa bo‘ladi.

muallif bakiroo