U mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat, shuningdek, Rossiya bilan munosabatlar va Ukrainadagi vaziyatga oid bir qator savollarga javob berdi.
Bayden agar Rossiya Ukrainaga bostirib kirsa, Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga qarshi prezident Vladimir Putin ilgari hech qachon ko‘rmagan sanksiyalar joriy etishga vaʼda berdi. Amerika prezidenti tushuntirganidek, sanksiyalar Rossiya banklariga dollar bilan operatsiyalarni amalga oshirishni taqiqlashni nazarda tutadi.
Shu bilan birga, Jo Baydenning fikricha, Vladimir Putinning o‘zi G‘arb bilan urushni xohlamaydi. U, shuningdek, Ukrainaning yaqin kelajakda NATOga qo‘shilishini istisno qildi va Qo‘shma Shtatlar Ukrainada strategik qurollarni joylashtirmaslik masalasida Rossiya Federatsiyasi bilan har qanday kelishuvlarga erishish mumkinligini ko‘rib chiqishini tan oldi.