Bitta odam buyragi uchun 1 ming dollardan kam pul berishmoqda.
Afg‘oniston bozorida inson aʼzolarini transplantatsiya qilish bo‘yicha takliflar oshib bormoqda.
Gap shundaki, “Afg‘onistonda odam buyraklari narxi tushmoqda. Bu takliflar soni ortib borayotgani bilan bog‘liq” deb yozmoqda jurnalist A.Serenko.
Millionlab odamlar ish va yashash uchun jiddiy muammolarga duch kelishmoqda. Iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar falaj. Turmush darajasi misli ko‘rilmagan darajaga tushib ketdi. Afg‘onistonda tushgan daromad evaziga oilasini boqish yoki kasal bolalarini davolash uchun buyragini sotishga urinayotganlar soni ortib bormoqda. Ammo bu yerda ham qatʼiy bozor qonunlari mavjud: takliflar qancha ko‘p bo‘lsa, “tovar” arzonlashaveradi.
Natijada, Afg‘onistonda bugungi kunda bitta buyrak uchun 1 ming dollardan kam pul berishmoqda. Kuzatuvchilarning fikricha takliflar oshib, narhlar tushishda davom etaveradi …

Juda achinarli eʼlon!
Kobulda buyrak sotilishi haqidagi eʼlon.